Turkiya Mudofaa vazirligi 24 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da Iroq şimolidagi KIP va boşqa guruhlar nişonlariga havodan zarbalar berilganini ma’lum qildi. Operatsiyadan maqsad jangçilarni zararsizlantiriş, tinç aholi va xavfsizlik kuçlariga qarşi teraktlarning oldini oliş edi, deya ta’kidlaydi idora.
Bayonotda aytilişiça, operatsiya natijasida ğorlar, boşpanalar, omborlar va jangçilar tomonidan foydalanilgan boşqa obektlardan iborat 34 ta nişon yöq qilingan.
Qayd etilişiça, operatsiya davomida asosan mahalliy qurollardan foydalanilgan. Turkiya harbiy-havo kuçlari Hakurk, Gara, Qandil va Sinjar hududlarida köp sonli jangçilarni yöq qilişga ham muvaffaq böldi.
«Turk qurolli kuçlari, avvalgidek, terrorga barham berilmagunça, qat’iyat va fidoyilik bilan unga qarşi kuraşni davom ettiradi. Uşbu operatsiya davomida tinç aholiga, döstona kuçlarga, tarixiy-madaniy boyliklarga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uçun barça çoralar körildi», — deyiladi xabarda.












