Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning «ğalaba rejasi»dagi maxfiy bandda Ukrainaga «Tomagavk» raketalarini yetkazib beriş böyiça sörov bor, deb yozdi The New York Times (NYT) yuqori martabali amerikalik amaldorga tayanib.
Amaldor buni «mutlaqo imkonsiz» sörov deb atagan. «Tomagavk» raketalarining masofasi (taxminan 2500 km) ilgari Kiyevga taqdim etilgan ATACMS raketalari masofasidan deyarli yetti baravar katta. Şu bilan birga, Amerikaning yuqori martabali rasmiylariga köra, Qöşma Ştatlar Ukrainaga faqat çeklangan miqdordagi ATACMS tizimlarini yuborgan.
Şuningdek, Kiyev Vaşingtonga uzoq masofaga uçuvçi qurollar qanday qöllanilişi haqida işonçli asos keltira olmadi, dedi AQŞ rasmiylari. Ularning ta’kidlaşiça, Rossiya içidagi nişonlar röyxati AQŞ va boşqa ittifoqçilar Ukrainaga yetkazib berişi mumkin bölgan raketalar sonidan ança oşib ketgan.
The Economist manbasining ma’lum qilişiça, AQŞ boşqa joylarda jiddiy xavf-xatarlarga duçor bölmasdan turib, Kiyevga yetkazib beradigan heç narsasi qolmagan. U Qöşma Ştatlar Ukrainani ta’minlaş uçun yetarliça qurol işlab çiqarişiga işonçi komil emas.
AQŞ Mudofaa vazirligining 29 oktyabr kuni departament saytida e’lon qilingan hisobotiga köra, Ukrainaga moddiy yordam körsatilişi Amerika mudofaa-sanoat majmuasida qator muammolarga olib kelgan. Xususan, gap öq-dori zaxiralarini qayta tiklaş va işlab çiqarişni köpaytiriş muammolari haqida ketmoqda. Departamentning ta’kidlaşiça, bu AQŞ qurolli kuçlarining tezkor imkoniyatlari va jangovar tayyorgarligini xavf ostiga qöyadi.
NYT naşriga köra, Zelenskiy bir neça hafta davomida Ğarb yetakçilarini özining «ğalaba rejasini» qöllab-quvvatlaşga undagan, biroq faqat «iliq oğzaki yordam» olgan. Şu tariqa, heç bir davlat Ukrainaga Kiyevga yetkazib berilgan uzoq masofali qurollarni Rossiya içkarisiga zarba yöllaş uçun işlatişga ruxsat bermagan. Bundan taşqari, heç kim Ukrainani NATO a’zoligiga oşkora taklif qilmagan. Şunga asoslanib, NYT Zelenskiyning AQŞ va Yevropaga safarini «muvaffaqiyatsiz» deb atadi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden sentabr oyida Vaşingtonda bölib ötgan uçraşuvda Rossiya içkarisiga çuqur zarba beriş uçun uzoq masofaga uçuvçi raketalardan foydalanişga ruxsat etmagani Zelenskiyni «hayratda qoldirdi», dedi tört nafar amaldor. Ukraina prezidenti maslahatçisi Dmitriy Litvinning aytişiça, Ukraina uzoq masofali raketalarni qöllaş nega zarurligini bir neça bor tuşuntirib, Vaşingtonga barça tafsilotlar, maqsadlar röyxati va dalillarni taqdim etgan. «Afsuski, işni davom ettiriş böyiça hali heç qanday siyosiy qaror yöq», dedi Litvin.












