Turkiya parlamenti yaqin kunlarda «çet el ta’siriga qarşi» qonun loyihasini körib çiqadi, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining fikriça, undan noroziliklarni bostiriş uçun foydalaniş mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Qonun, hokimiyatning fikriça, xorijiy davlat yoki taşkilotning ta’siri ostida yoki buyruği bilan «davlat xavfsizligi yoki uning içki yoki taşqi siyosiy manfaatlariga qarşi iş olib boruvçi» şaxslarning faoliyatini çeklaş uçun möljallangan. Qoidabuzarlar 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.

Hujjat hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) tomonidan tayyorlangan bölib, u joriy yilning bahorida qabul qilinişi ommaviy noroziliklarga sabab bölgan Gurjistondagi qonun va Rossiyadagi xuddi şunday mexanizmni eslatadi, deb ta’kidlamoqda naşr. «Çet el agenti» töğrisidagi qonun birinçi marta Rossiya qonunçiligiga 2012 yilda kiritilgan, keyinçalik çoralar bir neça marta kuçaytirilgan.

Bloomberg hujjat tafsilotlarini keltirmadi, biroq Turkiyaning BBC xizmati avvalroq uşbu loyiha haqida yozgan edi. Materialda aytilişiça, deputatlar josuslik va davlat xavfsizligi bilan boğliq hujjatlarni saqlaş böyiça jinoiy moddalarni kengaytirişni taklif qilişgan. «Xorijiy davlatning strategik manfaatlari yoki körsatmalariga muvofiq» harakat qilganlar qamoq jazosiga hukm qilinadi. Agar qoidabuzarlik uruş paytida yoki strategik korxonalar xodimlari tomonidan sodir etilsa, jazo yanada qattiqroq böladi.

Mutaxassislar va jurnalistlar qonunning noaniq matnidan xavotirda, muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi deputati Inon Oqgun Alp bu hujjat «juda repressiv muhitga» yöl oçadi, deb hisoblamoqda. Önlab OAV vakillari loyihani körib çiqişni töxtatişga çaqirmoqda.

«Biz qonun loyihasini söz erkinligi va fuqarolik jamiyatiga tahdid deb hisoblaymiz. Noaniq matnli qonun kundalik jurnalistik va fuqarolik faoliyatini jazolanadigan jinoyatga aylantirişi mumkin», dedi Mustafo Kuleli, Yevropa jurnalistlar federatsiyasi vitse-prezidenti.