Xitoy Rossiya va Şimoliy Koreya örtasidagi tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni öz işi deb hisoblamaydi. «Rossiya va KXDR ikki mustaqil va suveren davlatdir va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş faqat şu ikki davlatning işi», — dedi Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jiang 1 noyabr, juma kuni Pekindagi brifingda.
Lin Jiang, şuningdek, «Xitoy Moskva va Pxenyan örtasidagi ikki tomonlama almaşinuv va hamkorlikdagi öziga xos vaziyatdan xabardor emasligini» qöşimça qildi. Pekin hali ham «tomonlar vaziyatni yumşatişga intilib, Ukraina inqirozi (Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi)ga siyosiy yeçim yölida harakat qiladi, deb umid qilmoqda», deya xabar berdi u.
AQŞ Xitoyni KXDR askarlari Rossiyadan olib çiqib ketilişiga erişişga çaqirdi
Qöşma Ştatlar Xitoyni Rossiya Federatsiyasida joylaşgan Şimoliy Koreya qöşinlarini doimiy joylaştiriş joylariga qaytarişga erişişga çaqirdi. Vaşington Xitoy hukumatidan aloqalarni davom ettirayotgan Şimoliy Koreya rahbariyatiga bosim ötkazişni söradi, deb xabar berdi CNN 30 oktyabr kuni nomi oşkor etilmagan amerikalik rasmiylarga tayanib.
Ulardan birining aytişiça, AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan ham Şimoliy Koreya qöşinlarining Rossiyaga yuborilişi bilan boğliq vaziyat yuzasidan bir qator boşqa davlatlarni Pekin bilan boğlanişga köndiriş haqida körsatma bergan. Biroq CNN suhbatdoşlari Ğarb rasmiylari bu masala böyiça «Xitoy Şimoliy Koreyaning rejalariga xalaqit berişi yuzasidan optimistik kayfiyatda emasligini» tan olgan.












