Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi Lixtenşeynda röyxatdan ötgan Intellektual öyinlar xalqaro assotsiatsiyasi (Internationale Assoziation für Intellektuelle Spiele, IAIS)ni «nomaqbul taşkilot» deb e’lon qildi. IAIS «Internet tarmoğida Rossiya rahbariyatini obrösizlantirişga qaratilgan ma’lumotlarni tarqatadi», deya ma’lum qildi Rossiya idorasi 5 noyabr, seşanba kuni Telegramʼda. Bundan taşqari, Boş prokuratura Intellektual öyinlar xalqaro assotsiatsiyasi Rossiya Federatsiyasida «çet el agentlari» sifatida tan olingan odamlarni «faol qöllab-quvvatlayotganini» da’vo qilmoqda.
RFda IAIS Rossiyaga qarşi kampaniyalarda qatnaşişda ayblandi
Şuningdek, idora ma’lum qilişiça, 200 dan ortiq iştirokçilarni birlaştirgan «Çto? Gde? Kogda?» («ÇGK»), «Breyn-ring» va «Svoya igra» ommaviy intellektual öyinlarining sport versiyalari Yevropa, Osiyo va Şimoliy Amerikada göyoki «Rossiyada norozilik va buzğunçi ğoyalarni tarğib qilişga qaratilgan» Rossiyaga qarşi xorijiy kampaniyalarda qatnaşmoqda.
Bundan taşqari, IAIS'ni «nomaqbul taşkilot» deb tan oliş haqidagi bayonotda Rossiya Federatsiyasi va Belarus jamoalarining xalqaro turnirlarda öz mamlakatlari bayroqlari ostida iştirok etişi taqiqlangani körsatilgan.
Intellektual öyinlar xalqaro assotsiatsiyasi 2021 yilda «Çto? Gde? Kogda?» televiktorinasi iştirokçilari tomonidan taşkil etilgan bölib, ular Andrey Kozlov boşçiligidagi «Çto? Gde? Kogda?» Rossiya xalqaro klublari assotsiatsiyasining siyosatidan norozi. Boşqa narsalar qatorida, öyinçilar «ÇGK»ning Birinçi kanal bilan aloqalarini tanqid qilişgan.












