Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida qişloq xöjaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalaniş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda qayd qilinişiça, kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yöqotilayapti. Bu Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil işlatadigan suviga teng. Şu sababli kelgusi yilda betonlaşga 800 milliard söm ajratilişi belgilandi.
Mas’ul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, quriliş işlarini tez fursatda boşlaş, bunga arzon sement yetkazib berişni taşkil qiliş topşirildi.
Umuman, hokimlar oldiga fermer va klasterlar bilan birgalikda 1 aprelgaça 15 ming kilometr içki ariqlarni beton qoplamaga ötkaziş vazifasi qöyildi.
Mutasaddilar har bir kanalga ajratilayotgan har bir sömni maqsadli, tejamkorlik bilan töğri işlatiş zarurligi haqida ogohlantirildi.
Har bir kanalga Irrigatsiya universiteti, Suv muammolari ilmiy instituti, 9 ta texnikumni “dual ta’lim” asosida biriktiriş muhimligi ta’kidlandi. Ular loyihadan betonlaş tugagunça bölgan barça jarayonlarni ilmiy yondaşuv asosida kuzatib, tavsiya va xulosasini beradi.
Kanallarni betonlaş hisobiga suv oqimi tezlaşadi. Bu – kiçik GESlar qurib, elektr oliş uçun katta imkoniyat. Masalan, Navoiy viloyati kanallarida 11 megavattli 148 ta mikro GES quriş boşlandi. Bunda mahalliy komponent yuqori bölgan, Navoiyni özida işlab çiqarilayotgan uskunalardan foydalanilmoqda.
Umuman, respublikada 2 mingta mana şunday mikro GES qurib, yiliga qöşimça 600 million kilovatt elektr oliş mumkinligi ta’kidlandi.
Viloyat hokimlari oldiga Navoiy misolida öz hududlarining sanoat salohiyatini işga solib, mahalliy komponenti yuqori bölgan şunday mikro GESlarni loyihalaştiriş va barpo etiş vazifasi qöyildi.












