AQŞ prezidentligiga qayta saylangan Donald Tramp öz saylovoldi kampaniyasi matbuot kotibi, 27 yoşli Kerolayn Levittni Oq uy matbuot kotibi lavozimiga tayinladi, deb xabar berdi Associated Press. U AQŞ tarixida bu lavozimni egallagan eng yoş xodim böladi. Ilgari bu rekord 1969 yilda prezident Riçard Nikson davrida Oq uy matbuot kotibi bölgan 29 yoşli Ronald Tsiglerga tegişli edi.

Oq uy matbuot kotibi odatda ma’muriyatning ommaviy yuzi hisoblanadi va an’anaviy ravişda jurnalistlar uçun kundalik brifinglar ötkazadi. Tramp özining birinçi muddatida ba’zan şaxsan matbuot kotibi vazifalarini bajarib, bu an’anani buzgan edi. 2017 yildan 2021 yilgaça u tört nafar matbuot kotibini tayinladi.

Kerolayn Levitt Trampning sodiq tarafdori sanaladi, u har doim kamera oldida gapirişga tayyor, deb qayd etdi AP. U tezkor javob beradi va intervyularida respublikaçini agressiv himoya qiladi.

2022 yilda Levitt Nyu-Hempşir ştatidan Kongress uçun öz nomzodini qöydi va Demokratik partiyaning amaldagi vakili Kris Pappasga yutqazdi. Trampning birinçi muddatida Levitt Oq uy matbuot xizmatida işladi. Keyin Nyu-Yorkdagi respublikaçi deputat Eliz Stefanikning aloqa böyiça direktori böldi. Keyinroq Tramp Stefanikni BMTdagi AQŞ elçisi etib tayinladi.

Trampning birinçi matbuot kotiblari Şon Spayser va Sara Xakabi Sanders jurnalistlar bilan ziddiyatga borgani orqali tanilgan edi. Yana biri Stefani Grişem heç qaçon brifing ötkazmagan. Uning vorisi Keyli Makinani brifinglarda ommaviy axborot vositalariga tez-tez pand-nasihat qilgani bilan esda qolgan.