Filippin dengizida Yaponiyaning Tanegasima oroli (Kagosima prefekturasi) qirğoqlarida 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Oltoy-Sayan bölimiga tayanib Interfax.

Tezkor ma’lumotlariga köra, zilzila 17 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan 17:16 da qayd etilgan, episentri Kyusyu orolidagi Kanoy şahridan 254 km janubda joylaşgan.

Zilzila episentridagi silkiniş intensivligidan kelib çiqib, «halokatli» deb baholangan.

AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila magnitudasi 6,1 ni taşkil qildi. Amerikalik seysmologlarning fikriça, zilzila öçoği 8 km çuqurlikda bölgan.