Toşkent viloyati Nurafşon şahar tuğuruq kompleksida vazni 6 kilogramm 865 gramm bölgan çaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi xabar berdi.

«Çaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarça kesiş orqali tuğdirilgan, bu uning ikkinçi farzandidir», — deyiladi xabarda.

Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Feruza Rahmatullayevaning bergan ma’lumotlariga köra, hozirda ona va bola şifokorlar nazoratida. U bunday holat Toşkent viloyatida birinçi bor kuzatilayotganini ta’kidlagan.

Eslatib ötamiz, 2022 yil aprelda Sirdaryo tumani tibbiyot birlaşmasi akuşerlik kompleksida yetti kiloli qizaloq tuğilgan edi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga Özbekistonning doimiy aholisi soni 37 million 355,4 ming nafarni taşkil etmoqda. Joriy yilning 9 oyida Özbekistonda 693,9 nafar tuğiliş qayd etilgan bölib, bu körsatkiç ötgan yilning mos davrida 716, 9 ming kişini taşkil etgan. Hisobot davrida tuğilişlar soni 3,2 foizga qisqargan.