Çorşanba tongida Islomoboddagi şifoxonaning tuğruq bölimida kelib çiqqan yonğin oqibatida kamida 14 nafar yangi tuğilgan çaqaloq halok böldi.

Ëngʻin 26-avgust kuni ertalab soat 07:00lar atrofida Pokiston Tibbiyot fanlari institutining (PIMS) «Onalik va bolalikni muhofaza qiliş» bölimida boşlangan. Bu haqda mahalliy naşrlarga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Qutqaruvçilarning sözlariga köra, uçinçi qavatdagi fojiali yonğinga çaqaloqlar xonasida konditsionerning portlaşi sabab bölgan. Yonğin boşlangan vaqtda palatada 15 nafar yangi tuğilgan çaqaloq bölgan, ulardan faqat biri qutqarib qolingan. Omon qolgan yagona çaqaloqni şifokor qutqarib qolgan.

Mahalliy Geo TV telekanali 15 nafar qurbon borligini aytgan bölsa, boş vazir idorasi 14 çaqaloq halok bölganini tasdiqlamoqda.

Qutqaruv xizmati xodimlari kasalxonadan kamida 19 kişini qutqargan. Ular orasida 10 nafar ayol, yetti nafar bola va ikki nafar erkak bor.

2026-08-26 11.56.37
Foto: Reuters

«BBC Urdu» xizmati kasalxona rasmiysidan iqtibos keltirişiça, yonğin konditsioner blokida boşlangan va kislorod ulanmalari orqali tezda alangalanib ketgan. Soğliqni saqlaş vaziri Mustafo Kamol yonğin sodir bölgan palatadagi çaqaloqlar yo inkubatorlarda bölgan, yoki kislorod uskunalariga ulanganini aytdi.

Reuters guvohining sözlariga köra, bölim hududi örab olingan va kasalxona binosi taşqarisida tez yordam maşinalari töplangani köringan.

Hamma şokda

Voqea joyidan BBC muxbirlarining xabar berişiça, kasalxona taşqarisida hamon şok holati hukm surmoqda. Politsiya kiriş qismida patrul xizmatini olib bormoqda. Taşqarida öt öçiriş maşinalari turibdi, yölakda esa soçilib yotgan tibbiy niqoblarga singan deraza oynalari aralaşib ketgan.