Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasi muşkul vaziyatga tuşib qolgan vatandoş ayol va uning ikki oylik farzandini Özbekistonga qaytarişga kömaklaşdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Özbekiston fuqarosi Rossiyaning migratsiya qonunçiligini buzgan. Buning oqibatida uning ikki oylik gödagi vasiylikka olinib, Novosibirsk şahridagi “Rassvet” bolalar va ösmirlar reabilitatsiya markaziga joylaştirilgan.

Boş konsulxona vaziyatni örganib çiqqaç, ona va bolani Özbekistonga qaytariş böyiça zarur çoralarni körgan.

Diplomatlar xorijiy fuqarolarni vaqtinça saqlaş markazi hamda bola joylaştirilgan reabilitatsiya markazi vakillari bilan muzokaralar olib borgan.

Körilgan çoralar natijasida ona va bolaning Özbekistonga qaytişi uçun zarur sertifikatlar rasmiylaştirilgan.

Şundan söng Boş konsulxona vakillari ikki oylik çaqaloqni reabilitatsiya markazidan olib, Novosibirsk aeroportida kutib turgan onasiga topşirgan.

Ona va bola 28-avgust kuni Rossiya aviakompaniyasi reysi orqali Toşkentga qaytarilgan.