1970 yilgi Yaponiya Butunjahon körgazmasida kiyim emas, odamlarni “yuvadigan” ğayrioddiy kir yuviş maşinasini namoyiş etilgan, biroq öşa paytda bu ğoya tijoriy muvaffaqiyatga erişmagandi. Science Co. kompaniyasi esa Mirai Ningen Sentakuki — insonlarga möljallangan kelajak kir yuviş maşinasini taqdim etdi. Uning körinişi reaktiv qiruvçini eslatadi.
Kompaniya raisi Yasuaki Aoyamaning aytişiça, qurilma tomi şaffof kabinadan iborat, markazda örindiq joylaştirilgan. Unga odam ötirganda, kabina içidagi böşliq issiq suv bilan töladi.
Maxsus datçiklar maksimal qulay haroratni sozlaş uçun foydalanuvçining pulsi va boşqa biologik ma’lumotlarini ölçaydi. Örnatilgan sun’iy idrok tizimi esa odamning hissiy holatini nazorat qilib, uni tinçlantiruvçi maxsus tasvirlarni ekranda namoyiş qiladi.
Bir kişini yuvintirib, quritiş uçun 15 daqiqa ketadi. Maşina 2025 yil bahorida Osaka şahrida ötkaziladigan Butunjahon körgazmasida ommaga namoyiş etiladi. Körgazma davomida köngillilar uni sinab körişi mumkin.
E’tiborlisi şundaki, Aoyama bolaligida 1970 yilgi körgazmada taqdim etilgan kir maşinasining ilk namunasini körgan. Öşa paytda bu ğoya uni juda hayratga solgan, çunki köpçilik uylarda hatto oddiy hammom yöq edi.
Öşanda işlab çiqaruvçilar qurilmani 1970 yil uçun aql bovar qilmas funksiyalar — suvni avtomatik töldiriş, ultratovuş tölqinlarini tarqatiş va hatto tanani massaj qiladigan şarikçalar bilan jihozlagan.











