Gretsiyaning Kathimerini naşrining xabar berişiça, Kipr prezidenti Nikos Xristodulidis mamlakatning NATOga qöşiliş istiqbolini AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan oktyabr oyida Vaşingtonda ötkazilgan uçraşuvda muhokama qilgan.

Kipr NATO standartlariga mos keladigan mudofaa salohiyatini modernizatsiya qilişni muhim vazifa sifatida körib çiqmoqda. Poytaxt Nikosiyaning fikriça, zarur infratuzilma va harbiy imkoniyatlarga ega böliş Kiprni Vaşington uçun strategik jihatdan qiziqarli qiladi. Şuningdek, Kipr AQŞdan harbiy texnika xarid qiliş va milliy gvardiya ofitserlarini Amerika harbiy akademiyalarida öqitiş istagini bildirgan.
Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Kiprning NATOga qöşiliş rejasi uzoq muddatli va strategik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqladi. Uning aytişiça, Vaşingtonda bu reja «yutqazişsiz variant» deb atalmoqda. Rejaning asosiy elementi Kipr muammosini hal qiliş va Kipr-Turkiya munosabatlarini yaxşilaşdan iborat.
Xristodulidis NATOga qöşiliş masalasini taşkilot boş kotibi Mark Ryutte bilan ham muhokama qilgan. Şuningdek, Kiprning mintaqa siyosatidagi ahamiyatini saqlab qoliş va oşiriş masalalari AQŞ Kongressidagi respublikaçilar bilan ötkazilgan muzokaralarda kötarilgan.
Kipr oldinlari harbiy bloklarga qöşilmagan davlatlarning harakatida faol iştirok etgan edi. Biroq u 2004 yilda Yevropa ittifoqiga qöşilgandan keyin bu harakatdan çiqdi.
Ayni paytda, Kiprning NATOga qöşilişi yölidagi asosiy tösiq Turkiyaning ehtimoliy qarşiligi hisoblanadi. 1974 yilda Turkiya Kiprga qurolli intervensiya qilib, orolni ikkiga böldi. Şundan beri orolning 37 foiz hududi faqat Anqara tan oladigan Şimoliy Kipr Turk Respublikasi hududi hisoblanadi.
Kiprlik yunonlar BMT yeçimlariga asoslangan ikki hududli, ikki jamoali federatsiya tarafdori. Kiprlik turklar esa konfederativ tuzilmani talab qilişmoqda.











