Yiğilişda qayd qilinişiça, Namangan viloyatida 527 million dollarlik 182 ta yangi loyiha imkoniyati aniqlangan. Masalan, Namangan şahri “Barkamol avlod” mahallasidagi kiçik sanoat zonasi kengaytirilsa, 60 million dollarlik çarm-poyabzal loyihasini joylaştiriş mumkin. Mingbuloqdagi “Namangan” massivida şunday zona taşkil qilinsa, 25 million dollarlik sanoat loyihalariga şaroit böladi.

Yana bir tadbirkor amerikalik hamkorlar bilan 80 million dollar sarmoya kiritib, yiliga 1,8 million tonna flyuorit toşini qayta işlaş taklifini bergan. Natijada 200 ta iş örni, 70 million dollar eksport imkoniyati paydo böladi. Yana bir korxona 40 million dollar investitsiya kiritib, 5 ming gektarda dorivor ösimlik yetiştiriş, qandolat işlab çiqariş va turizm maskani taşkil qiliş istagini bildirgan.

Çorkesar, Zarkent va Isparon hududlarida suğoriş yaxşilanib, çorvadorlarga yer ajratilsa, 100 ming boş qoramol va eçki boqiş imkoni bor.

Yangiqörğonda Qişloq xöjaligi texnikumi taşkil etilib, kartoşkaçilik markazi bilan dual ta’lim yölga qöyilişi ham malakali mutaxassislar, ham asosiy oziq mahsuloti tayyorlaşga xizmat qiladi. Asalariçilik xöjaliklari bilan kooperatsiya orqali xonadonlarda asalari boqib, ularni qöşimça daromadli qilsa böladi.

Yiğilişda Namangan viloyati hokimi şu kabi imkoniyatlarni işga soliş böyiça rejalarini taqdimot qildi. Xususan, 2025 yilda Namangan viloyatiga 4 milliard 200 million dollar investitsiya olib keliş, 34 ming iş örni yaratiş va 1 milliard dollar eksport qiliş möljallangan.

Joriy yil yakunida kambağallik darajasini 8 foizdan ham pasaytiriş rejlaştirilgan. 2025 yilda 78 ming nafar aholini kambağallikdan çiqarib, bu körsatkiçni 5,3 foizga tuşiriş közda tutilgan. Şuningdek, çet elda mehnat migratsiyasida bölgan 100 mingga yaqin kişini iş bilan ta’minlaş maqsad qilingan.

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, viloyat iqtisodiyotini kompleks rivojlantiriş böyiça qaror loyihasini kiritişga körsatma berdi. Investorlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlab, loyihalari uçun şaroit yaratiş, aholini tadbirkorlikka jalb etib, bandlikni ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.