Özbekistonda odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 8 yildan beri qidiruvda bölgana ayol Turkiyada qölga olindi. Bu haqda mamlakatning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, sakkiz yildan beri qidiruvda bölgan 44 yoşli Tursuntoş Qodirova Özbekiston va Turkiya Içki işlar vazirliklari hamkorligida ötkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda uşlangan hamda Toşkent şahriga deportatsiya qilingan.

«Uşbu şaxsning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasiga yoki Özbekiston Içki işlar vazirligi yoxud içki işlar organlarining quyi hududiy bölinmalariga murojaat qiliş söraladi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq firibgarlikda ayblanib 3 yildan buyon qidiruvda bölgan erkak Turkiyadan Özbekistonga deportatsiya qilingan edi. Oktyabr oxirlarida esa 10 yildan buyon qidiruvda bölgan özbekistonlik ayol Turkiyada qölga olingandi. U jinoiy uyuşma taşkil etiş, özgalar mulkini juda köp miqdorda özlaştiriş, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi qator jinoyatlarda gumonlanmoqda.