“Suverenitetga tahdid bo‘lsa, bu ro‘yxatni albatta ishlatamiz” - Bobur Bekmurodov nomaqbul shaxslar haqida
Rossiyadagi hamkasblarimiz bilan do‘stlik va ishonch muhitini shakllantirish masalasida gaplashyapmiz, dedi Qonunchilik palatasi deputati. Bekmurodovga ko‘ra, Prilepin va boshqalarning avval bergan bayonotlari qonun doirasiga tushmaydi, lekin O‘zbekistonning suverenitetiga yana tahdidlar bo‘lsa, nomaqbul shaxslarga doir mexanizm albatta ishlatiladi.
15 noyabr kuni O‘zbekistonda chet el fuqarolarining bo‘lishiga doir qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda davlat suverenitetiga zid bo‘lgan, O‘zbekiston xalqining sha’ni yoki tarixini tahqirlagan chet el fuqarolari mamlakatga kiritilmaydi yoki deportatsiya qilinadi, shuningdek, qator taqiqlarga duchor bo‘ladi.
2 dekabr kuni Toshkentda boshlangan fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi, “Yuksalish” harakati yetakchisi Bobur Bekmurodov suverenitetga tahdidlar bo‘lsa, bu mexanizm albatta ishlatilishini ma’lum qildi.
“Avvalo, keling, shuni niyat qilaylikki, hech kim kirmasin bu ro‘yxatga. O‘zbekistonning suverenitetiga tahdidlar bo‘lmasin. Biz buning uchun o‘sha… Rossiyadagi hamkasblar bilan ham gaplashyapmiz. Ya’ni, shunday bir do‘stlik va ishonch muhitini shakllantirishimiz kerakki, bir mamlakat ikkinchi mamlakatga, ayniqsa suverenitet masalasida, tahdid qilmasin. Bu birinchisi.
Ikkinchisi, albatta agar shunday holatlar bo‘ladigan bo‘lsa, deputatlar ham, umuman vakolatli organlar ham bu borada qattiq ishlashi kerak. Hech qanaqa uzrlarsiz bu ro‘yxatga kiritilishi kerak, deb o‘ylayman.
Hozirda biror davlatning rasmiy shaxsi tomonidan, shu nuqtayi nazardan bunday tahdidlar bo‘lgani yo‘q. Undan oldin bo‘lganlari – bu qonun qabul qilinishidan oldin bo‘lgan holatlar. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, agar O‘zbekistonning suverenitetiga tahdidlar bo‘ladigan bo‘lsa, albatta, bu ro‘yxatni, mexanizmni ishlatamiz”, – dedi Bobur Bekmurodov.
So‘nggi vaqtlarda rossiyalik bir qator rasmiylar va propagandachilar, xususan Zaxar Prilepin, Mixail Smolin, Mixail Delyagin, Yevgeniy Fyodorov, Pyotr Tolstoy va boshqalar O‘zbekiston va o‘zbek xalqi sha’niga qaratilgan tahdid va yolg‘on bayonotlari bilan O‘zbekiston jamoatchiligi g‘azabiga sabab bo‘lgan, qator faollar rasmiylarni bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini taqiqlashga chaqirgan edi.
Keyinroq, Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Mironov O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi fuqarolarni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka chaqirgani sababli O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilish lozimligini aytib chiqdi. Jamoatchilik va deputatlar bunga ham javob qaytardi. Xususan, Bobur Bekmurodov konsullik fuqarolarni O‘zbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilishini tabiiy va adolatli deb atadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi
Jahon | 14:54
-
Ukraina Rossiyaning yangi yurishiga tayyorlanmoqda
Jahon | 14:44
-
HAMASga qarshi qo‘zg‘algan g‘azoliklar, rad etilgan «Ukrainani talash» rejasi
Jahon | 13:46
-
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
Sport | 13:44
Mavzuga oid

16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov

19:03 / 18.11.2024
O‘zbekistonda xorijliklarni nomaqbul shaxs deb topish haqidagi qonun kuchga kirdi

15:34 / 20.10.2024
Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga viza rejimini joriy etishga chaqirdi. Jamoatchilik bunga javob qaytardi

17:44 / 20.09.2024