Rossiyalik yozuvçi, siyosiy va harbiy arbob Zaxar Prilepin ilgari SSSRga tegişli bölgan barça hududlarni tiklaş taşabbusi bilan çiqdi. U bu haqda Moskvadagi matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob beriş asnosida gapirgan.

Prilepin migrantlar muammosini hal qiliş uçun rus ayollari köproq bola tuğişi kerakligini ta’kidlagan.

«Ruslar qança köp bölsa, köp sonli migrantlar bizning yurtda özini notöğri tutişi bilan boğliq muammolar kamroq böladi», — dedi u. Yozuvçi, şuningdek, «migrantlarni Rossiyada emas, balki ular kelgan davlatlarda, deylik, Özbekistonda, öqitiş»ni taklif qildi.

Yozuvçi misol sifatida Özbekistonning ikki million fuqarosi şu yerda yaşayotgani uçun Rossiya bu hududga da’vo qila olişini qayd etgan.

«Men hazillaşayotganim yöq. Biz Sovet Ittifoqini qayta tiklaş mavzusini kötaramiz va bu bizga istalgan vaqtda „sizning ikki million fuqarongiz bizning hududda ekan, biz sizning hududingizga da’vo qilamiz, çunki köpçilik allaqaçon şu yerda, hattoki bunga ovoz berişgan“, deyişga imkon beradi. Kiyevdagi paraddan keyin Yevroosiyo hududida biror narsa qilişni bizga kim taqiqlaydi? Heç kim», – deya Prilepinning sözlarini keltirgan «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali.

Şu bilan birga, u bu özining şaxsiy fikri ekanini qöşimça qilgan. Matbuot anjumanida qatnaşayotganlar uning gapini qarsaklar bilan qöllab-quvvatlagan.

  • Zaxar Prilepin 2014 yildan Ukraina hududidagi harbiy harakatlarda iştirok etişni boşlagan va harbiy muxbir sifatida «DXR» va «LXR» hududlarida işlagan. 2016 yil oktyabridan 2018 yil iyuliga qadar ayirmaçilar armiyasida batalyon komandiri örinbosari bölgan. 2022 yil fevralida Ukrainaga bosqin boşlangaç, «Oplot» könggillilar batalyoni safiga kirib, uruşga otlangan. Ayni vaqtda u polkka aylantirilgan uşbu tuzilma komandirining harbiy-siyosiy masalalar böyiça örinbosari sanaladi.
  • Unga 2023 yil may oyida Nijniy Novgorod şahrida suiqasd uyuştirilgandi. Öşanda uning boşqaruvidagi Audi avtomobilining kapoti ostiga joylaştirilgan portlovçi qurilma işga tuşgandi. Portlaş oqibatida yozuvçining tansoqçisi halok bölgan, özi esa rulda bölgani tufayli omon qolgandi va tan jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgandi.
  • Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova suiqasdda Ukraina, AQŞ, Buyuk Britaniya va NATOni ayblagan. BBC ma’lumotiga köra, suiqasd uçun javobgarlikni «Ateş» partizanlik harakati öz zimmasiga olgan.