«Yuksaliş» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov rossiyalik deputat Mixail Delyaginning Özbekiston fuqarolarini mamlakatdan olib ketiş borasidagi çaqiriğiga munosabat bildirdi.
«Birinçidan, har qanday mamlakat öz fuqarolari töğrisida qayğurgan holda ularga zarur şaroitlar yaratiş böyiça taşabbuslarni ilgari surişi normal holdir. Uşbu taşabbuslarni amaliyotga tatbiq etiş sözsiz Rossiya qonunçiligiga muvofiq amalga oşiriladi.
Ikkinçidan, Rossiyada mehnat qilayotgan vatandoşlarimiz, tabiiyki, halol mehnatlari evaziga öz oilalarini moddiy ta’minlamoqdalar, Rossiya ularni tekinga boqmayapti. Bu borada ularning aksariyati yoşlarni taşkil etgan holda özlarining ayni kuçga tölgan davrlarida Rossiya iqtisodi uçun xizmat qilmoqdalar.
Uçinçidan, rus deputatining ittifoqçi mamlakatga nisbatan bu kabi öta oğir ayblovlarni ilgari surişi Rossiya bilan munosabatlarda hattoki eng yaqin hamkorlarini ham huşyorlikka da’vat etadi.
Törtinçidan, örtoq Delyagin Mixail, agar siz aytgandek, Rossiya Federatsiyasi kabi katta mamlakatni mehnat migrantlari «parçalay» olsa, oldingizda davlatçilikni mustahkamlaş bilan boğliq boşqa muhimroq vazifalar turibdi.
Mixail, bizda erkin OAV bor, Duma deputatlari aytayotgan fikrlar Özbekiston jamoatçiligiga yetib boradi va şubhasiz mamlakatingizga nisbatan salbiy fikrni şakllantiradi. Davom eting», — deydi Bekmurodov.
Özbekiston prezidenti maslahatçisi Qahramon Quronboyev boşçiligidagi komissiya şu kunlarda Rossiyaga taşrif buyurib, u yerda öqiyotgan va işlayotgan migrantlar şaroitlari bilan tanişdi. Prezident maslahatçisi Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uçraşuvda Rossiyadagi migrantlar bolalari uçun boğça va maktablar oçişga yordam berişni söragan.
«Govorit Moskva» radiostansiyasi bilan suhbatda rossiyalik deputat Mixail Delyagin bu taşabbus noqonuniy ekanligini aytdi. U bu Rossiya konstitutsiyasiga zid bölib, diskriminatsiyaga sabab bölişini ta’kidlagan.
«Ehtimol, Özbekiston prezidentining maslahatçisi insonlarning millatiga qarab böliş mumkin emasligi bitib qöyilgan Rossiya konstitutsiyasi haqida heç narsa eşitmagan çiqar. Migrantlarning farzandlari uçun maktablar oçiş bu — Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini diskriminatsiya qiliş. Bu tojik diasporalari vakillari tojikistonlik migrantlarga xizmat körsatadigan tibbiy markazlar oçiş töğrisidagi taşabbusiga öxşaş narsa. Bu Rossiyani vayron qiliş va yöq qilişga, avvaliga begona, keyinroq duşmanona anklavlar yaratişga qaratilgan anglaşilgan siyosat.

















