Rossiya Davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov possovet davlatlarining SSSR tarkibidan ajralib çiqişi noqonuniy bölgani haqida feyk iddao bildirib, ertami-keçmi Rossiya va ular örtasida nizo yoki uruş kelib çiqişini başorat qildi.

“Fan nazariyasi nuqtayi-nazaridan, sovet ittifoqi tarkibidan noqonuniy çiqqan barça respublikalar ertami-keçmi Rossiya bilan nizolaşadi yoki uruşadi. Bu – nazariya masalasi. Ayrimlari hozir emas: masalan, Belarus. Ayrimlari – Gruziya, Ukraina allaqaçon uruşib böldi. Bu Armanistonga ham töla-tökis ravişda tegişli”, – dedi Fyodorov.

Unga köra, Rossiya xalqaro huquqqa va SSSR qonunlariga murojaat qilgan holda, sobiq sovet respublikalari bilan diplomatik muloqotlar orqali harbiy nizolarning oldini olişi mumkin.

“Ya’ni xalqaro huquq va sovet ittifoqi qonunlarini hisobga olgan holda, ular bilan hozirgi statuslari böyiça qaytadan kelişuvga erişamiz. Masalan, 1991 yilda buzilgan 14/09-sonli qonun”, – dedi rossiyalik deputat.

Yevgeniy Fyodorovning bayonotiga Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikerining ikki örinbosari va “Yuksaliş” harakati raisi javob qaytardi.

“Milliy tiklaniş” partiyasi raisi Alişer Qodirovning fikriça, rossiyalik siyosatçilarning bunday yondaşuvlari “Rossiyaning boşiga yetadi”.

“Rossiyaning boşiga odatdagidek özining ahmoqlari yetadi, şekilli…

Bundan biz foyda köramizmi, yöqmi, vaqt körsatadi.

Yonğinga qarşi çoralar körib, sovuqqonlik bilan kuzatamiz…” – dedi Qodirov.

Parlament quyi palatasi spikerining yana bir örinbosari Odiljon Tojiyev Fyodorovning bayonotini “ğoyat original” deb ta’rifladi.

“Xalq vakili özini geosiyosatning yetuk mutaxassisi sifatida körsatib, har xil heç kimga noma’lum “nazariyalar”ni keltiribdi.

Uning aytişiça, sovet ittifoqini barça respublikalar noqonuniy tark etgan, allaqanday 14/09-sonli qonunni buzgan holda. Aftidan, Fyodorov Konstitutsiya barça qonunlardan ustun ekanligini tuşunmaydi. Modomiki, SSSR Konstitutsiyasining 72-moddasida şunday deyilgan edi: “Har bir ittifoq respublikasi SSSRdan erkin çiqiş huquqini saqlab qoladi”,