Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Alişer Qodirov va Bobur Bekmurodov rossiyalik deputatlardan birining davlat tili rus bölmagan mamlakat fuqarolariga Rossiyada ayrim kasblarda işlaşni çeklaş böyiça taklifiga munosabat bildirdi.

«Biz özbek tilini bilmaydigan xizmatçilarni işdan haydaşni taklif qilişimiz kerak(mi?) Biz boşqa yöldan boramiz — ularga özbek tilini örgatamiz. Siz esa özingiz işlaşni örganing. Bu rus tiliga qaçonlardir haqiqiy hurmat paydo bölişiga olib kelişi mumkin», — deb yozdi «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov.

«Yuksaliş» harakati raisi Bobur Bekmurodov ham rossiyalik deputatni boşqa davlat işlariga aralaşmaslikka çaqirgan.

«Özbekiston deputat Pyotr Tolstoyning tomorqasi emas. 

Öz mamlakati va fuqarolari muammolari bilan şuğullansin.

Özbekistonda rus tili erkin muloqot tili. Biz ittifoqçi mamlakat maqomiga mos işlayapmiz. Deputat Tolstoy esa yöq», deydi u.

U mehnat muhojirlari uçun tölanayotgan pullarni minnat qiliş mantiqsiz ekanini ta’kidlagan.

«Janob Tolstoy, vatandoşlarimiz Rossiyada öz mehnati uçun hukumatingiz belgilagan tölovlarni tölamoqda.  

Ularning oilalariga yuborayotgan pulini taqsimlaş sizning vakolatingizga kirmaydi. 

Rus tilida sözlaşuvçi vatandoşlarimiz haqida esa özimiz qayğuramiz», degan u.

Şu kunlarda rossiyalik deputatlardan biri Pyotr Tolstoy Rossiyada rus tili davlat tili bölmagan mamlakat fuqarolariga ba’zi kasblarda işlaşni taqiqlaş taklif etgandi. «Agar rus tili davlat tili bölmasa, keçirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari bizning jamoat joylarida — haydovçi, sotuvçi, kurer bölib işlamasligi kerak. Bunday çora-tadbirlar asta-sekin vaziyatni töğrilaydi», — degan edi u.

Şu yil oktyabr oyida ham Özbekiston prezidenti maslahatçisi Qahramon Quronboyev Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uçraşuvda Rossiyadagi migrantlar bolalari uçun boğça va maktablar oçişga yordam berişni söraganidan keyin rossiyalik deputat Mixail Delyagin bu taşabbus noqonuniy deb aytgandi. «Menimça, Özbekiston, albatta, bolalar boğçalari va maktablarni qurişi kerak, lekin faqat öz hududida. Va Rossiyaga siqib çiqargan fuqarolarini qaytarib vataniga olib ketişi kerak», — degandi rossiyalik deputat.