AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bir neça marta Rossiya-Ukraina uruşini tugatişga va’da bergan. Ğarb naşrlari xabariga köra, uning maslahatçilari front çiziqlarini muzlatiş, demilitarizatsiya qilingan hudud yaratiş va Ukrainaning NATOga a’zo bölişini keçiktirişni taklif qilmoqda. Biroq, Tramp hozirça aniq bir reja taqdim etmagan, frontdagi vaziyat esa tez özgarmoqda.
AQŞning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kiyevga Amerikaning uzoq masofani nişonga ololadigan ATACMS raketalari bilan Rossiya hududlariga zarba yöllaşga ruxsat berdi. Şu bilan birga, Rossiya Dniproga yangi ballistik raketa bilan zarba berdi va yadroviy quroldan foydalaniş ostonasini pasaytirdi.
AQŞning Ukraina böyiça sobiq maxsus vakili va NATOdagi AQŞ elçisi bölgan Kurt Volker «Meduza»ga bergan intervyusida Moskva va Kiyev Trampning ikkinçi prezidentligi davridan nimalarni kutgani haqida fikr bildirdi.
Oq uy qarorlari haqida. Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya hududlariga zarba uçun ruxsat va tez orada yetkaziladigan piyodalarga qarşi minalar
— Men tuşunmayman, nega bu işga avval boşdanoq qöl urmadik? Umuman, özi nega bu çeklovlarni kiritdik? Hozir bunga tayyor ekanmiz, nega ikki yil avval buni amalga oşira olmadik?
Xalqaro huquqda qurol qöllaniş radiusini çeklaş ğoyasining heç qanday asosi yöq. Ukrainaga hujum qilindi, u özini himoya qiliş huquqiga ega. Rossiya öz hududidan Ukrainaga hujum qilmoqda — bunga javob zarbalari bermaslik uçun heç qanday sabab yöq. Bu çeklovlar töliq Bayden ma’muriyati tomonidan öylab topilgan edi. Ular bunday qilmasliklari kerak edi va heç kim bunga e’tiroz ham bildirolmasdi. Endi esa Rossiya bu çeklovlar bekor qilinişidan katta şov-şuv yasayapti, aslida bu çeklovlar umuman bölmasligi lozim edi.
Bu çeklovlarni olib taşlaş fursati yetib kelgandi. Men tuşunmayotgan yana bir narsa, nega biz bu haqda e’lon qilyapmiz? Agar biz çeklovlarni bekor qilmoqçi bölsak, şunçaki olib taşlaşimiz kerak. Agar biz minalarni berişni reja qilgan bölsak, beraylik, böldi. Bu olamşumul voqea bölişi şart emas.
Tramp tomonlarni muzokara stoliga qanday ötqazişi haqida
— Kiyevni muzokara stoliga ötqazişda muammo yöq, asosiy muammo Moskvada. Putin bilan boğliq muammo şundaki, uning talablari Ukrainaga töliq egalik qilişdan iborat va boşqa heç narsa uni qoniqtirmaydi. Siz öt oçişni töxtatiş, demilitarizatsiya qilingan hududlar, avtonom mintaqalar va şu kabilar haqida gaplaşib, Putinni qoniqtira olmaysiz. Çunki u heç qaçon qoniqmaydi. Bunday şaxsni şunçaki töxtatiş kerak.
Umid qilamanki, Tramp Putinga uruşni töxtatişini aytiş bilangina çeklanmaydi, Rossiya bunday qilmasa, AQŞ Ukrainaga kerakli mablağlarni beriş, istalgan qurollarni sotib oliş va ularni öz xohişiga köra işlatiş imkonini beriş bilan ham tahdid qiladi. Putin uçun töğri signal şundaki, Ukraina va Ğarb Rossiyaga nisbatan kuç pozitsiyasidan çiqiş qilişi kerak.
Bayden ma’muriyati esa hammasini aksinça qilgan. Ular doimo şubhalangan, keçiktirgan va çeklovlar örnatgan. Bu Putinga bizda qat’iyat, xohiş va işlab çiqariş imkoniyatlari yöqligini körsatgan. Biz vaziyatni özgartirişimiz va Putinni işontirişimiz kerak: bizda yetarli imkoniyatlar, mablağ va vaqt bor, şu sababli yo töxtanglar, yo özlaringizga zarar yetkazing, deb. Agar prezident Tramp aynan şunday harakat qilsa, bu samarali bölişi mumkin, deb öylayman.
Tramp maslahatçilari versiyasiga köra, uruşni tugatiş rejalari haqida
— Menimça, buning hammasi (front çiziqlarini muzlatiş, demilitarizatsiya qilingan hudud yaratiş, Ukrainaning NATOga qöşilişini 20 yilga töxtatib turiş) töğridan töğri Trampning taşabbusi emas. U öz qarorlarini özi qabul qiladi. Uni bu jarayonning mayda detallari qattiq taşvişlantirayotgani yöq. Uni taşvişlantirayogan asosiy narsa — uruşni tugatiş: şunçaki bir-biringizni öldirişni bas qiling, deyiş.
Avval ham ta’kidlaganimdek, Putin bilan boğliq masala bunday detallarda emas. U faqatgina Ukrainani egallaşni istaydi. Şuning uçun unga juda sodda tilda «Sen töxtaşing kerak», deb aytilmoği kerak. Unga töxtaşga majbur qiliş zarur.
Tramp Ukraina ğalabasini «qurbon» qilişi mumkinmi?
— Ha, agar Ukraina ğalabasi sifatida uning öz hududlarini qaytariş va Rossiya qöşinlarini mağlub qilişni tuşunsangiz. Menimça, Tramp uruşni hoziroq tugatişni afzal köradi.
Agar uruşning Ukraina ğalabasi bilan tugaşi deganda mustaqil, suveren, Yevropaning demokratik davlati sifatida tan olinişni, doimiy xavfsizlik kafolatlariga ega bölişni, idealda Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bölişni anglatsa, bu maqsadga bemalol erişiş mumkin, deb öylayman. Keyinçalik Rossiya okkupatsiya qilgan Ukraina hududlari maqomi borasida bahslar bölişi mumkin. Bu bahslar Boltiq davlatlari va Şarqiy Germaniya bilan 40 yil davom etgan yoki Şimoliy Kipr masalasidagi bahslar kabi böladi. Bu uzoq vaqt davom etişi mumkin, ammo faol harbiy harakatlarsiz.
Albatta, Ukraina bilan muloqot qilmasdan heç narsaga erişib bölmaydi. Ammo, menimça, ukrainlar uçun ham uruşni tugatiş va kelajakka intiliş imkoniyati muhim. Agar siz Ukrainadagi ayrim odamlar bilan gaplaşsangiz (hamma bilan emas, ammo ayrimlar bilan), ular mamlakatning şarqiy hududlari sezilarli darajada vayron bölgani va u yerlarda deyarli heç kim yaşamasligini tan olişadi. Şu sababli, hozirda bu hududlarga ularning boğlanişi ança pastroq.
Kiyevning Tramp ma’muriyati bilan qanday işlaş kerakligi haqida
— Ukraina qat’iyat bilan öz pozitsiyasini bayon qilişi kerak: «Biz suveren, mustaqil, Yevropaning demokratik davlatimiz. Biz Ukrainani saqlab qolamiz va AQŞ hamda Ğarb tomonidan körsatilgan yordam uçun minnatdormiz. Biz tinçlikka qarşi emasmiz — biz haqiqatan ham tinçlikni xohlaymiz», tarzida.
Tinçlikka erişiş yölidagi asosiy tösiq — Putin, çunki u uruşni istaydi. Biz aynan şu yerda diqqatimizni jamlaşimiz kerak: Putinni uruşni töxtatişga qanday işontiriş mumkin? Agar uni töxtatişning iloji topilsa, tinçlik mustahkam böladi. Ukraina pozitsiyalarini mustahkamlaş böyiça qadamlar aynan şunda mujassamdir.
Şuningdek, Ukraina NATO va Yevropa Ittifoqiga qöşilişga intilişda davom etişi va bu masalada aqlli yondaşuvni saqlaşi lozim. NATOning 5-moddasi (hamma uçun umumiy himoya) faqat hukumatning faktik nazoratida bölgan hududlarga tatbiq etilişi kerak. Okkupatsiya qilingan hududlar böyiça bahslar böladi, lekin Ukraina ularni harbiy yöl bilan qaytarmaslikka tayyor bölişi lozim.
Bu kabi yondaşuvlar Kiyev nuqtayi nazaridan juda oqilona böladi. Lekin barçasi Ukrainaga yetarli darajada qöllab-quvvatlaş körsatilişi bilan boşlanişi zarur. Bu Putinni töxtatiş va Ukrainaning muvaffaqiyatini kafolatlaş uçun muhimdir.













