Malta rasmiylari 5-6 dekabr kunlari Vallettada bölib ötadigan YeXHT Taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişidan bir neça kun oldin Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning vizasini bekor qildi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vazirligining rasmiy bayonotida aytiladi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi bu qadamni misli körilmagan deb atadi va vizaning «öziga boğliq bölmagan sabablar tufayli» bekor qilingani aytilganini ta’kidladi. Rossiya tomoni bölajak yiğilişda uşbu qarorga alohida e’tibor qaratişini bildirdi va Ğarb davlatlarini YeXHTdan öz manfaatlari yölida foydalanayotganlikda aybladi. Mariya Zaxarova Malta rasmiylarining harakatlarini «ğarbiy gidraning hiyla-nayranglari» oqibati deb atadi.
Maltadagi tadbirda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ham iştirok etişi kutilmoqda. Uning uçraşuvdagi iştiroki Ukrainadagi uruş boşlanganidan buyon yuqori darajali rossiyalik diplomatning Yevropa Ittifoqi davlatiga ilk taşrifi böladi. Lavrov ham xuddi Zaxarova singari Yevropa Ittifoqi, AQŞ va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar ostida.












