Copernicus - Yevropa Ittifoqining Yerni kuzatiş böyiça eng muhim dasturi uçun Sentinel-1C sun’iy yöldoşiga ega Vega-C raketa taşuvçisi debyut tijorat missiyasi muvaffaqiyatsizlikka uçragan 2022 yil dekabridan beri birinçi marta Fransiya Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uçirildi. 5 dekabr, payşanba kuni uçiriş Yevropaning Arianespace kompaniyasi tomonidan amalga oşirildi.

Gviana kosmik markazining dispetçerlik xonasida poligon operatsiyalari menejeri Jan-Frederik Alasa: «Bortdagi parametrlar normal», dedi.

«Italiya va Yevropa uçun muhim kun. Vega-C qaytib keldi», — deya Italiyaning ASI kosmik agentligi rahbari Teodoro Valente sözlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters. ASI Vega dasturining asosiy iştirokçisi hisoblanadi.

SpaceX bilan raqobat

Yevropa Amerikaning Ilon Maskka tegişli SpaceX xususiy kompaniyasining şiddatli raqobatiga doş berişga majbur, deya eslatadi Reuters.

Ikki yil avval Pleiades Neo 5 va Pleiades Neo 6 masofadan zondlaş sun’iy yöldoşlari dvigatel işdan çiqqani sababli orbitaga çiqarilmagan edi.