Prezident Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanidagi 2,9 ming gektar maydonda «Ğyelon» turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorni imzoladi.

Qozon şahrida 2023 yil 4−6 oktyabr kunlari bölib ötgan III hududlararo hamkorlik forumi doirasida Rossiya tomoni («Kazanskiye kanatnyye dorogi» kompaniyasi va «Gordeyev» arxitektura byurosi) bilan dam oliş maskani loyihasini amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişilgan.

2024−2030 yillar davomida uç bosqiçda amalga oşiriladigan loyiha doirasida investordan quriliş davrida yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni öz zimmasiga olgan holda dastlabki baholaş böyiça jami 300 million dollar miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiya jalb etiladi.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi huzurida davlat muassasasi şaklida «Ğyelon» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi tuziladi va hududdagi yer uçastkalarini realizatsiya qilişdan va ijaraga berişdan kelib tuşgan mablağlar uşbu direksiya hisobiga ötkaziladi.

Turistik zona faoliyat körsatiş muddatini keyinçalik uzaytiriş imkoniyati bilan 30 yilga taşkil qilinadi. Tegişli taşkilotlar ikki oy muddatda hukumat qarori loyihasi tuzib, uni Vazirlar mahkamasiga kiritişi kerak.

2025 yil 1 iyunga qadar — turistik zonaning boş rejasi va batafsil rejalari loyihalari işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.

2025 yil 1 oktyabrga qadar — direksiya tomonidan uni rivojlantirişni nazarda tutuvçi master reja işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.

Investitsiya loyihasi doirasida umumiy uzunligi 33 km bölgan Hisorak — Ğyelon, Hisorak — Sarçaşma avtomobil yölini ikki tasmali qilib, Çiroqçi — Şörquduq avtomobil yölining 30 km qismini uçinçi toifadagi yöl darajasigaça yetkaziş, Miraki — Hisorak avtomobil yölini ikki tasmali qilib, uçinçi toifadagi yöl darajasigaça yetkaziş zarur.