Avstraliyaning Kvinslend ştati Soğliqni saqlaş vazirligi mahalliy laboratoriyadan virus namunalari solingan 323 ta flakon yöqolgani yuzasidan tekşiruv ötkazmoqda. 2021 yilda sodir bölgan hodisa 2023 yil avgustiga kelibgina aniqlangan, ammo şu paytgaça tergov haqida xabar berilmagandi, deb yozmoqda ABC News.

Yöqolgan namunalar orasida turli klinik xususiyatlarga ega viruslar bölgan. Taxminan 100 ta flakonda otlardan odamga yuqadigan va 57 foiz holatda ölimga olib keladigan Hendra virusi mavjud edi. Bundan taşqari, 223 ta flakonda lissavirus va ikkita hantavirus namunasi aniqlangan. Bu viruslarning har biri jiddiy tibbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Hodisa, çamasi, flakonlar saqlanadigan muzlatkiç işdan çiqqandan söng yuz bergan. Xodimlar namunalarni yangi muzlatkiçga köçirayotganda, flakondagi viruslarga oid kerakli hujjatlarni rasmiylaştirib qöymagan.

“Biologik materiallar bu xavfsiz omborxonadan boşqa joyga olingan, yöqolgan yoki boşqa sabablarga köra bedarak ketgan bölişi mumkin”, — dedi Kvinslend soğliqni saqlaş vaziri Tim Nikols.

Mahalliy hokimiyat vakillari qasddan öğirlaş yoki biologik qurol yaratişga uriniş belgilari yöq, deb işontirmoqda. Yangi muzlatkiçga köçiriş paytida flakonlarning yöqolişi eng ehtimoliy sabab sifatida körsatilmoqda. Rasmiylar maxsus saqlaş şaroitlaridan taşqarida virus namunalari tez buzilişi va yuqumlilik xususiyatini yöqotişini ta’kidlamoqda.

Yuqiş xavfi yöqdek tuyulsa-da, tadqiqotçilar bu kabi hodisalar ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida biologik xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qiliş naqadar muhimligini körsatişini eslatmoqda. Kvinslend Soğliqni saqlaş vazirligi biologik xavfsizlikni oşiriş maqsadida kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda. Bu tadbirlar xodimlarni qayta tayyorlaş va xavfli materiallar bilan işlaş tizimlarini tekşirişdan iborat böladi.