Davlat rahbari Özbekistonda "yaşil energetika” sohasida strategik investor hisoblangan ACWA Power kompaniyasi bilan samarali şeriklik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugungi kunga qadar umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik 4 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilgan bölib, joriy loyihalar portfeli 15 milliard dollarni taşkil etmoqda.

Bundan taşqari, bugun bir qator qöşma loyihalarni işga tuşiriş marosimi bölib ötdi: Buxoro viloyatida quvvati 500 megavatt bölgan 2 ta şamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi, şuningdek, Samarqand viloyatida umumiy quvvati 1 gigavatt bölgan 2 ta quyoş elektr stansiyasi va Toşkent viloyatida 334 megavatt quvvatga ega energiya saqlaş tizimi qurilişiga start berildi.

Uçraşuvda energetika, transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qiliş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş, töqimaçilik sanoati, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor yönalişlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Qöşma Işbilarmonlar kengaşi faoliyati doirasida Saudiyaning yetakçi kompaniyalarini mamlakatga jalb qiliş borasidagi işlarni kengaytiriş muhimligi qayd etildi.












