Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Terxi Xakala bilan uçraşdi.

"Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili sifatida öz missiyasini yakunlayotgan Terxi Xakala xonim bilan uçraşişdan mamnunmiz, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram kanalida. – Xakala xonimga Özbekiston va Markaziy Osiyoning Yevropa Ittifoqi bilan yanada faol aloqalariga qöşgan salmoqli hissasi uçun minnatdormiz. Samarqand şahri kelasi yilda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammitiga mezbonlik qiladi".

Terxi Xakala 2021 yilda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili etib tayinlangan. U 2015-2021 yillarda uşbu lavozimda işlagan Piter Burianning örnini egallagan edi.