Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yiğilişi hamda yetakçi tadbirkorlar bilan muloqot boşlandi.
Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion sömlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boşladi.
Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.
Uzoq yillardan beri davlat monopoliyasida bölgan yöllarni ta’mirlaş va saqlaşga xususiy sektorni jalb qiliş işlari kengaytiriladi. Bu yil 260 kilometr yöllarni saqlaş işlari tadbirkorlarga berildi. Kelasi yili bu 3 ming kilometrga yetkaziladi.
“Taşabbusli budjet” doirasida yöllarni ta’mirlaş işlarining 92 foizi xususiy pudratçilar tomonidan amalga oşirildi. Bu 100 foizga yetkaziladi.
Osiyo taraqqiyot banki iştirokida 86 ta tumanda quriladigan 841 kilometr yöllar töliq mahalliy pudratçilar tomonidan amalga oşiriladi.












