Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yiğilişi hamda yetakçi tadbirkorlar bilan muloqot boşlandi.
Mamlakatda 5 mingdan ziyod işçisi bor, yillik daromadi 1 trillion sömdan oşgan, kamida 100 milliard söm soliq tölayotgan 142 nafar “çempion” tadbirkorlar paydo böldi.
Bu korxonalar eng ilğor texnologiyalar va yangiça boşqaruvni joriy etgan, özlari arzon resurs olib kelayapti, kredit va soliqni öz vaqtida tölayapti, muddati ötgan qarzi yöq.
Muhimi, ular har kuni yangilikka intilib, izlanişdan töxtamayapti. Ular köp tarmoqli korporatsiyaga aylanib, yondoş sohalar rivojiga ham katta hissa qöşayapti.
Prezident boşqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qöllab-quvvatlab, “çempion” tadbirkorlarni köpaytiriş kerakligini ta’kidladi.
Bunday tadbirkorlarga yer va binoni töğridan töğri beriş, davlat korxonalarini ham uzoq muddatga boşqaruvga topşiriş, harbiy sanoat, dronlar işlab çiqariş, IT va sun’iy intellektni keng rivojlantirişda ular bilan manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş mumkinligi qayd etildi.












