Norvegiyalik Magnus Karlsen dress-kod qoidalarini buzgani uçun rapid böyiça jahon çempionatidan diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, avvaliga Karlsen musobaqaga jinsida kelgani uçun 200 dollar jarimaga tortilgan. Rapid va blits böyiça amaldagi jahon çempioni ust-boşini almaştirişdan boş tortgan, şu bois u turnirdan çetlatilgan. Bundan oldin rossiyalik şaxmatçi Yan Nepomnyaşiy krossovkada kelgani uçun 200 dollar jarimaga tortilgandi, ammo u oyoq kiyimini almaştirib olganidan keyin çempionatdagi iştirokini davom ettirgan.

«FIDE’ning tezkor şaxmat va blits böyiça jahon çempionati qoidalari, jumladan, dress-kod barça iştirokçilar uçun professionalizm va adolatni ta’minlaşga qaratilgan. Bugun Magnus Karlsen tadbir qoidalarini yaqqol buzgan holda jinsi kiyib, dress-kodga amalga qilmadi. Boş arbitr Karlsenga qoidabuzarlik haqida ma’lum qildi, 200 dollar miqdorida jarima belgiladi va undan kiyimini almaştirişni söradi», — deyiladi FIDE xabarida.

Karlsen esa talabga böysunmagan va töqqizinçi turdagi öyinlarga qöyilmagan.

FIDE’ning qöşimça qilişiça, dress-kod töğrisidagi qoidalar ança yillardan beri amalda va barça iştirokçilarning undan xabari bor. «FIDE, şuningdek, şaxmatçilarning yaşaş joyi öyinlar ötkaziladigan manzildan bir neça daqiqa içida piyoda kelişiga imkon beradigan uzoqlikda joylaşgan bölişi haqida ham qayğurgan, bu qoidalarga rioya qilinişini yanada qulaylaştiradi. FIDE şaxmat va uning qadriyatlari, şu jumladan, barça iştirokçilar rioya qilişga rozi bölgan qoidalar tarğibotiga oldingidek sodiq», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Diskvalifikatsiyadan keyin Karlsen rapid turnirdan keyin boşlanadigan blits böyiça çempionatda iştirok etmasligini ma’lum qildi. Ötgan sakkiz tur davomida u beş oçko bilan 41-örinni egallab kelayotgan edi.

«Barçasi joyida, FIDE öz talablarini ilgari surişi mumkin, men qarşi emasman. Javobim — ajoyib, unda men ketaman», — deydi norvegiyalik şaxmatçi.

Ma’lumot uçun, Magnus Karlsen 2013-2023 yilgaça – klassik şaxmat yönalişida, 2014-2016, 2019, 2022 yil – rapid böyiça, 2014-2015, 2017-2019 va 2022 yil blits yönalişida ğoliblikni qölga kiritgan. Şuningdek, 2023 yilda u ilk bor şaxmat böyiça jahon kubogiga ega çiqqan.