Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva şaxmatçi Afröza Hamdamovani jahon çempionatidagi muvaffaqiyatli iştiroki bilan tabrikladi.
«Afröza Hamdamovani rapid böyiça jahon çempionatidagi ulkan yutuği bilan tabriklaymiz! Atigi 15 yoşida u musobaqaning haqiqiy sensatsiyasiga aylandi, dunyo reytingining Top-20 taligiga kirdi va iqtidor hamda mehnatning çegarasi yöqligini isbotladi. Barakalla, Afröza! Sen xalqimizning faxrisan!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Polşada bölib ötgan şaxmatning Rapid va blits yönalişi böyiça jahon çempionatida Afröza Hamdamova 8 oçko bilan 7-örinni egalladi va 22,5 ming AQŞ dollari pul mukofotini qölga kiritdi.
Afröza musobaqa ğolibi, hindistonlik Xumpi Konerudan atigi 0,5 oçko ortda qoldi.












