Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berişni töxtatganini e’lon qildi.

«2025 yil 1 yanvar kuni 2019 yil 30 dekabrda imzolangan quyidagi hujjatlarning amal qiliş muddati tugadi: «Gazprom» va Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi örtasida Rossiya gazini Ukraina hududi orqali taşişni taşkil etiş böyiça kelişuv va «Gazprom» bilan «Operator gazotransportnoy sistemy Ukrainy» kompaniyasi örtasidagi şartnoma», deyiladi kompaniya xabarida.

Ukraina hukumati tomonidan 2023 yil oxirida e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Rossiya gazining mamlakat böylab quvurlar orqali Yevropaga yetkazilayotgan hajmi 2022 yilga nisbatan 28 foizga kamayib, 15 milliard kub metrni taşkil qilgan.

Ukraina bu şartnomadan yiliga taxminan 1 milliard dollar, «Gazprom» esa yiliga 3 milliard dollardan ortiq daromad olayotgan edi.

Rossiya gazini Yevropaga yetkazadigan asosiy quvurlar – «Şimoliy oqim-1», «Şimoliy oqim-2» va «Yamal-Yevropa» hozir işlamayapti, Ukraina orqali yetkazib beriş töxtatilsa, yagona yönaliş Turkiya böladi.