«Brentford» — «Arsenal» 1:3
Gollar: Mbeumo (13) — Jyezus (29), Merino (50), Martinelli (53).
«Brentford» – Flekken, van den Berg (Kim Ji Su, 75), Kollinz, Lyuis-Potter, Roerslev, Yarmolyuk, Nergor (Yyensen, 75), Yanelt, Damsgor (Magoma, 75), Vissa (Şade, 75), Mbeumo.
«Arsenal» – Rayya, Kalafiori (Lyuis-Skelli, 78), Gabriel, Saliba, Timber, Merino (Rays, 78), Parti, Edegor (Jorjinio, 88), Martinelli, Nvaneri (Trossar, 78), Gabriel Jyezus (Zinçenko, 90+2).
Ogohlantirişlar: Timber (17), Nyorgor (26), Kalafiori (57).

APLda 2025 yilning ilk öyinida «Arsenal» «Brentford» maydonida irodali ğalabaga erişdi. Mikel Arteta jamoasi turnir jadvalida «Nottinghem Forest»ni quvib ötib, peşqadam «Liverpul» bilan oradagi farqni olti oçkoga qisqartirdi.

«Arsenal» Brentfordda özining bu mavsumdagi asosiy töpurari Havers, eng yaxşi assistenti Saka va yarimhimoya çiziği yetakçisi Rayssiz maydonga tuşdi. Ulardan dastlabki ikkisi soğligidagi muammo tufayli jamoaga yordam bera olmayapti, Deklan esa formasini tiklamagani uçun zaxira örindiğida qoldirildi. Markaziy hujumçi Gabriel Jyezusni qanotlarda Nvaneri va Martinelli qöllab-quvvatladi.

Arteta jamoasi kuçli bosim bilan boşladi, «Brentford» öyinning dastlabki ön daqiqaligida jarima maydoniga qamalib qoldi. «Kanonir»lar uçraşuv debyutining 80 foizdan ortiq vaqti davomida töpga egalik qildi. Ammo hisob 0:0 ekanida mehmonlar baribir yaqqol golli vaziyat yarata olmadi, mezbonlar esa 13-daqiqadagi ilk vaziyatidan foydalandi. Edegor maydon markazida pas berişda xato qildi – Damsgor töpni egallab oldi va qarşi hujumni boşlab berdi. Jarima maydonida Mbeumo Kalafiorini osonlik bilan aldab ötib, uning oyoqlari orasidan töpni yerlatib yölladi. «Brentford» hujumçisi uçun bu APLning joriy mavsumidagi 11-gol böldi.

Ötkazib yuborilgan goldan keyin «Arsenal» futbolçilari özini yöqotib qöygandek harakat qilib, taşabbusni topşirdi. Öyinning yarim soati ortda qolayotganida «Brentford» ikkinçi golni urişga yaqin keldi, ammo hisob 2:0 bölişi örniga 1:1 körinişiga özgardi. Lyuis-Potterning zarbasidan keyin «kanonirlar» darvozaboni Rayya işonçsiz harakat qildi – töp uning qölidan sirğalib ötib darvoza töri tomon yönaldi. Ispaniyalik posbon möjizaviy harakati bilan töpga çiziq ustida ulgurdi va xatosini tuzatdi.

«Arsenal» esa darhol javob hujumida hisobni tenglaştirdi. Bu epizodda Mbeumo öz jamoasi uçun antiqahramonga aylandi. U jarima maydoni yaqinida töpni özi bilan olib yurmoqçi böldi, ammo uni yöqotdi. Parti jarima maydoni taşqarisidan kuçli zarba yölladi, mezbonlar darvozaboni Flekken töpni Gabriel Jyezusning oldiga taşlab berdi va braziliyalik hujumçi töpni darvoza töriga kiritib yubordi.

Birinçi bölimda «Arsenal» xG körsatkiçi (0,16 ga 0,69) va zarbalar soni böyiça ustunlikka erişdi (9:4), ammo jamoalar tanaffusga durang hisobda yöl olişdi. 

Ikkinçi bölimda esa «Arsenal» bu mavsumdagi asosiy qurolini işga soldi. Standart vaziyatlar vaqtida «kanonirlar» futbolçilari guruhi odatdagi kabi darvozabon atrofiga yugurişdi, mezbonlar mudofaasida esa vahima yuzaga keldi. 50-daqiqada Arteta şogirdlari burçak zarbasidan keyin ikkinçi golni urişdi. Flekken atrofidagi raqib futbolçilari tufayli töpga yeta olmadi, himoyaçilar töpni uzoqlaştira olmadi, Merino himoyaçidan qaytgan töpni darvoza töriga yölladi.

Uç daqiqa ötib «Arsenal» hisobni işonçli körinişga keltirdi. «Brentford» mudofaasi ikkinçi bölim boşidagi oraliqni juda yomon ötkazdi. Nvaneri va Martinelli kombinatsiyasi «kanonirlar»ning uçinçi golini yuzaga keltirdi. Şu kuni APLda boşlanğiç tarkibdagi debyutini ötkazgan yoş vinger jarima maydoni burçagiga bordi va töpni markazga uzatdi, himoyaçi Kollinza uzoqlaştirişga uringan töpni Martinelli törga yölladi. «Brentford» himoyaçisi bu vaziyatda özini turtişganidan şikoyat qildi, ammo hakamlar unga işonişmadi.

Tomas Frank jamoasi qolgan vaqt davomida «Arsenal»ga muammo tuğdira olmadi, mezbonlar 32-daqiqadan keyin faqat bir bor zarba berdi va 63-daqiqadan keyin birorta zarba bölmadi. «Kanonirlar» esa ortiqça kuç sarflamasdan, tartibli öyini bilan ğalabani saqlab qoldi. Gol mualliflaridan taşqari Partining öyinini alohida e’tirof etiş mumkin, u bir bölimning özida tört marta töpni raqibdan olib qöydi. Statistikaga köra uşbu tayanç yarimhimoyaçisi deyarli barça yakkakuraşlarda ustun kelgan (10 tadan 9 tasida).

«Arsenal» zarbalar böyiça «Brentford»ni uç barobar farq bilan ortda qoldirdi – 14:5 (darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça – 5:2, jarima maydoni içidan yöllangan zarbalar böyiça – 11:4). Bu ğalabadan keyin jamoa turnir jadvalida ikkinçi öringa qaytdi.