Qöşma Ştatlar Rossiya bilan mavjud kelişmovçiliklarga qaramay, konstruktiv va özaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyor. Bu haqda AQŞning Rossiyadagi elçisi Linn Treysi ma’lum qildi.

«Diplomatik sa’y-harakatlarga katta ehtiyoj saqlanib qolyapti. Biz rossiyaliklar va amerikaliklar örtasida mavjud aloqalarni saqlab qoliş va yangi aloqalarni örnatişda davom etişimiz kerak. Biz, şuningdek, köplab masalalar böyiça mavjud çuqur kelişmovçiliklarga qaramay, Rossiya hukumati vakillari bilan özaro hurmatga asoslangan va konstruktiv muloqotga oçiqmiz», — deydi diplomat diplomatik missiyaning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida joylaştirilgan videoda.

Diplomat, şuningdek, 2025 yilda «tinç kelajak» yeçimlari topilişiga umid bildirdi.

Avvalroq Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov TASS agentligiga bergan intervyusida Moskva AQŞ bilan siyosiy muloqotni tiklaşga oçiq ekani, biroq Vaşington birinçi qadamni qöyişi kerakligini aytgan edi.