Yevropa komissiyasi 5-noyabr, payşanba kuni Ukraine Support Loan - Ukrainani qöllab-quvvatlaş kredit dasturi doirasida mamlakatga 4,36 mlrd yevro ötkazdi. Bu mablağning 3,7 mlrd yevrosi joriy yil uçun kelişilgan makromoliyaviy yordamning ikkinçi tranşi bölsa, yana 658 mln yevrosi Ukrainaning mudofaa ehtiyojlari uçun ajratilgan.
Yevropa komissiyasi taʼkidlaşiça, YEI mablağlari Ukrainaga «davlatning uzluksiz faoliyatini taʼminlaş»ga yordam beradi, şuningdek, Rossiya Federatsiyasining harbiy tajovuzini qaytarib kelayotgan mamlakatning keçiktirib bölmaydigan mudofaa vazifalarini hal qiliş imkonini yaratadi.
YeIning moliyalaştirişi «Ukraina iqtisodiyotining işlaşini taʼminlaş, zarur davlat xizmatlarini körsatiş va Rossiyaning davom etayotgan tajovuzi şaroitida mamlakat barqarorligini mustahkamlaş imkonini beruvçi hayotiy muhim va oldindan rejalaştiriş mumkin bölgan qöllab-quvvatlovni taʼminlaydi», - dedi Yevropa komissiyasining texnologik suverenitet, xavfsizlik va demokratiya masalalari böyiça ijroçi vitse-prezidenti Xenna Virkkunen.
Harbiy mahsulotlar Ukraina kompaniyalaridan xarid qilinadi
Yevropa komissiyasining matbuot bayonotida qayd etilişiça, mudofaa uçun ajratilgan yangi mablağ Ukrainaning ehtiyojlari uçun uçuvçisiz uçiş apparatlari, raketalar, radiolokatsiya stansiyalari, radioelektron kuraş tizimlari va havo hujumidan mudofaa uçun öq-dorilar xarid qilişga sarflanadi. Mudofaa mahsulotlari asosan Ukraina korxonalaridan sotib olinadi.
«Mablağlarni Ukraina kompaniyalariga yönaltiriş orqali biz yuqori darajada innovatsion mudofaa ekotizimini rivojlantirişga hissa qöşyapmiz. Yevropaning mudofaa sanoati undan köp narsa örganişi mumkin», - dedi iqtisodiyot böyiça yevrokomissar Valdis Dombrovskis.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan buyon Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar Ukrainaga jami 235,9 mlrd yevro yordam körsatgan. Bu summaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromadlar hisobidan ajratilgan 3,8 mlrd yevro ham kiradi.
Ukraine Support Loan dasturi doirasida Ukrainaga beriladigan kreditning umumiy miqdori 90 mlrd yevroni taşkil etadi. Bu mablağ mamlakatning 2026–2027-yillardagi moliyaviy ehtiyojlarini qoplaşga möljallangan.











