Joriy yilning 5 yanvar kuni soat 13:58 da Toşkent şahar Yaşnobod tumani Boyqörğon mahallasi Sultonali Maşhadiy köçasidagi uylarning birida fuqaro öz ehtiyotsizligi oqibatida hojatxona uçun qazilgan 10 metrlik çuqurlikka tuşib ketgan.
FVV qutqaruvçilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni çuqurlikdan çiqarib olgan va birinçi yordam körsatgan.
Şundan söng fuqaroga malakali tibbiy yordam körsatiş uçun tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan.

Fuqaro yengil tan jarohati olgan bölib, hozirda şifokorlar nazorati ostida. Uning ahvoli yaxşi, deyiladi xabarda.

















