Şavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanişdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Şu yil 9 aprelda bölib ötgan videoselektor yiğilişida davlat rahbari Özbekistonning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra köpaytiriş mumkinligini ta’kidlagan edi.

Şunday xuşmanzara joylardan biri – Böstonliqdagi «Çorvoq darvozasi» majmuasi. Prezident ötgan yili dekabrda uning qurilişini borib körgan edi, yaqinda loyihaning birinçi bosqiçi oçildi. Majmuada 16 ta köp qavatli uy, 3 ta mehmonxona, savdo va maişiy xizmat şoxobçalari, kafe va restoranlar, bank ofisi, avtoturargoh böladi. Binolar tepasiga quyoş panellari örnatiladi.

Taqdimotda majmuaning keyingi bosqiçlarini quriş, sayyohlar uçun jozibadorligini oşiriş borasidagi işlar haqida axborot berildi. Uni arzon va ekologik toza energiya bilan ta’minlaş uçun Çirçiq daryosida kiçik gidroelektrstansiya barpo etiş maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Yana bir loyiha Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida okeanarium qurişga qaratilgan. Çirçiq daryosi böyida 20 gektarda möljallangan uşbu okeanarium sayyohlarni jalb etadigan yana bir maskan böladi. Yonida savdo-mehmonxona majmuasi ham qurilib, ularda jami 1 ming 600 ta iş örni oçiladi.

Şuningdek, Yakkasaroy tumanida turar joy va işbilarmonlik maskani barpo etiş möljallangan. Unda köp qavatli uylar, boğça va maktablar, sport va soğlomlaştiriş maskanlari, mehmonxona va savdo ofislari bölişi közda tutilgan.

Prezident loyihalarning huquqiy, moliyaviy jihatlari hamda infratuzilma masalalarini har tomonlama öylab, çora-tadbirlar rejasi işlab çiqiş zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga sifat va muddatni aniq belgilab, bajarilişini nazorat qiliş topşirildi.