Buyuk Britaniya boşçiligidagi qöşma ekspeditsiya kuçlari (Joint Expeditionary Force, JEF) Boltiq dengizidagi yirik Estlink2 suvosti kabeliga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlardan söng dengizosti infratuzilmasiga potensial tahdidlarni va Rossiyaning soyadagi flotini kuzatiş uçun ilğor javob tizimini faollaştirdi. Bu haqda 6 yanvar, duşanba kuni Britaniya hukumati ma’lum qildi.

JEF 10 ta davlatdan iborat.

Real vaqt rejimida monitoring

Nordic Warden operatsiyasi ötgan hafta boşlangan edi. Uning a’zolari sun’iy intellektdan turli manbalardan olingan ma’lumotlarni, jumladan, kemalarni avtomatik identifikatsiya qiliş tizimi (AIS) va xavflarni baholaş uçun foydalanadilar. JEF harakatlari NATOning sa’y-harakatlarini kuçaytiradi.

Rossiyaning soyadagi floti bir qismi sifatida aniqlangan kemalar JEF a’zolarini qiziqtirgan hududlarga yaqinlaşganda ularning harakatlarini diqqat bilan kuzatib boriş uçun tizimga kiritilgan. Agar xavf mavjud bölsa, tizim real vaqt rejimida kuzatib boradi va darhol JEF'ga a’zo mamlakatlarga, şuningdek, NATO ittifoqçilariga ogohlantiriş yuboradi.

«Hukumat bizning ittifoqçilarimiz bilan suvosti kabellari kabi muhim milliy infratuzilmani himoya qiliş uçun yaqindan işlayapti», dedi Britaniya boş vaziri Kir Starmer. «Yevropa xavfsizligini mustahkamlaş uçun JEF sammitidan söng tez orada uşbu ilğor texnologiyani işga tuşirayotganimizdan xursandman», — deya qöşimça qildi u.

Fin körfazida kabelga zarar yetkazgan langar izi topildi

Finlandiyalik tergovçilar Boltiq dengizi tubida Estoniya va Finlandiya örtasidagi Estlink 2 elektr uzatiş liniyasi şikastlangan joyda «önlab kilometr» iz qoldirilganini aniqladilar, deb yozadi 29 dekabr kuni Reuters agentligi.

«Uşbu izning uzunligi önlab kilometrni taşkil etadi», — deydi agentlikka mas’ul tergovçi Sami Paylu. Şu bilan birga, Finlandiya tergov vakilining ta’kidlaşiça, langarning özi hali topilmagan.

Avvalroq OAVda kabelga şikast yetkazganlikda gumon qilinib, Finlandiya huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olingan Eagle S tankeri surati çop etilgan edi. Ular tanker çap tomonida langarga ega emasligini körsatadi, garçi u xuddi şu kemaning oldingi fotosuratlarida mavjud.