2024 yilda Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soni 0,9 foizga, ular tomonidan sodir etilgan bosqinçilik esa 27 foizga, öğirlik esa qariyb 26 foizga kamaydi. Bu haqda TASS Rossiya Içki işlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
«2024 yil oxiriga kelib jinoyat sodir etgan xorijiy fuqarolar soni 3,8 foizga kamaydi. Xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soni 0,9 foizga kamaydi. Xususan, statistik ma’lumotlarga köra, xorijliklar tomonidan sodir etilgan oğir va öta oğir jinoyatlar soni 2,2 foizga kamaygan», deyiladi xabarda.
Departamentning ta’kidlaşiça, xorijliklar örtasida jinoyatçilikning umumiy kamayişi fonida qurolli bosqinçilik soni 27 foizga va öğirliklar 25,8 foizga sezilarli darajada kamaygan.
Şuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişi bilan boğliq jinoyatlar 12,3 foizga, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş 12,5 foizga, qotillik va odam öldirişga suiqasd qiliş 6,7 foizga kamaygan. Xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan öğirliklar soni ham 9,2 foizga kamaydi, deb qayd etdi boşqarma.












