Donald Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovida ğalaba qozonmaganida davlat töntarişiga urinişda aybdor deb topilgan bölardi. Bu haqda Trampga qarşi 2020 yilgi prezidentlik saylovidagi mağlubiyatdan keyin hokimiyatni egallab olişga uriniş va maxfiy hujjatlarni noqonuniy uşlab turiş işlari yuzasidan tergov olib borgan maxsus prokuror Jyek Smit hisobotida aytiladi, deb yozdi The New York Times.
14 yanvar kuni Adliya vazirligi Smit jamoasining tergov natijalarini aks ettiruvçi hisobotni e’lon qildi.
Hisobotning birinçi qismida Trampning harakatlari, jumladan, rasmiylarga bosim ötkaziş, muqobil saylovçilarni topiş va tarafdorlarini saylov natijalariga norozilik bildirişga undaş harakatlari tasvirlangan.
«Agar Tramp prezident sifatida saylanmaganida… topilgan dalillar sudda unga nisbatan hukm çiqariş uçun yetarli bölar edi», deyiladi hisobotda.
Smit hisobotining Trampga nisbatan maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlanişi böyiça tergov tafsilotlari aks ettirilgan ikkinçi qismi maxfiylaştirilgan. Çunki uning şeriklariga nisbatan sud mahkamalari davom etmoqda.
Smit öz hisobotida Trampning «erkin va adolatli saylov» natijalarini bekor qilişga urinişlari haqida yozgan. Şuningdek, 2020 yil noyabr oyida bölib ötgan saylov kunidan 2021 yil 6 yanvargaça bölgan davrda Tramp «raqiblariga qarşi zöravonlikni qöllab-quvvatlaganini» ta’kidlagan. Aynan şu kuni uning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgan edi.
Smit Kapitoliyga qilingan hujumda Trampni aybladi. Hisobotda u, boşqa narsalar qatorida, hujum işi böyiça bir neça ayblanuvçilarning Tramp nomidan iş tutayotganini öylaganligi haqida aytgan sözlarini keltirdi.
Maxsus prokuror Jyek Smit 11 yanvar kuni iste’foga çiqdi. Donald Tramp 2024 yil noyabrida bölib ötgan prezidentlik saylovida ğalaba qozonganidan söng, Smit Vaşingtondagi federal sudyaga Trampga qöyilgan barça ayblovlarni olib taşlaş töğrisida iltimosnoma bilan murojaat qildi. Çunki Adliya vazirligi amaldagi prezidentni jinoiy javobgarlikka torta olmaydi.












