Özbekiston elçixonasi taşabbusi bilan Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyati joylaşgan binoning asosiy kiriş qismida “Samarqand burçagi” taşkil etilgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, mazkur loyiha Yaponiya hududlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, Özbekistonning turizm salohiyatini keng tarğib qiliş maqsadida Nara prefekturasi rahbariyati kömagida amalga oşirilgan.
“Samarqand burçagi”dan yapon tilida Samarqand va Nara hamkorligiga doir ma’lumotlarni özida aks ettirgan bannerlar, yurtimiz turizm salohiyatiga oid qöllanmalar va özbek milliy hunarmandçilik mahsulotlari örin olgan.
“Nara prefekturasi va Samarqand viloyati örtasida hamkorlik aloqalariga bağişlab taşkil qilingan uşbu burçak mahalliy aholi vakillarida katta qiziqiş uyğotmoqda. Ular ikki hudud aloqalari, Samarqandning sayyohlik salohiyati va milliy hunarmandçilik mahsulotlari bilan yaqindan tanişyapti. Nara prefekturasi ma’muriyati binosi şahrimizdagi eng maşhur turizm obektlari bilan bir hududda joylaşgani sababli uşbu körgazma nafaqat mahalliy aholiga, balki xorijiy sayyohlarga ham Samarqand şahri salohiyati bilan tanişiş imkoniyatini taqdim etmoqda”, degan Nara prefekturasining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Tatsiya Xitomi.












