12 qavatli Grand Kartal mehmonxonasidagi yonğin mahalliy vaqt bilan soat 03:27 da boşlangan. Şu kunlarda Turkiyadagi maktablar ikki haftalik ta’tilga çiqqan va bu davr toğ-çanği mavsumining avj pallasi hisoblanadi, şu tufayli mehmoxonada şu kuni 234 kişi tunagan.

Mehmonxona binosi yoğoçdan qurilgani sababli, olov tez tarqalgan. Yonğinni öçiriş işlariga 200 dan ortiq qutqaruvçilar iştirok jalb etilgan.

Bino töliq yoğoçdan qurilgan

Bolu gubernatori Abdulaziz Aydin dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin mehmonxonaning törtinçi qavatidagi restoranlar hududida çiqqan va yuqori qavatlarga tarqalgan. Mehmonxona Bolu markazidan ança uzoqda joylaşgan. Natijada öt öçiruvçilar noqulay ob-havo şaroitida voqea joyiga yetib borişi uçun bir soatdan ortiq vaqt ketgan.

Qutqaruv işlari tongda ham davom ettirilgan va ertalabki xabarlarda qutqaruvçilar hamon mehmonxonaning ayrim nuqtalariga yetib borişga urinayotgani aytilgandi.

Mahalliy naşrlarga köra, kamida ikki kişi mehmonxona derazalaridan sakrab halok bölgan. Ayrimlar çoyşabdan qilingan arqonlar yordamida derazadan çiqişga uringan.

Çanği instruktori Nejmi Kepçetutan mahalliy televideniyega mehmonxonani yaxşi bilgani tufayli omon qolgani, uning yölaklari bilan yaxşi taniş bölmagan mijozlarning esa omadi kelmaganini aytib ötgan.

«Odamlar derazalardan qarab: „Bizni qutqaring“ deya qiçqirişdi, çunki içkarini kuçli tutun qoplagandi. Biz 20-25 kişini olib çiqdik», — degan u NTV telekanaliga.

Ertalab mehmonxonaning içkarisi şunday körinişda edi

Yonğin sabablari hozirça noma’lum. Adliya vaziri Yilmaz Tunç maxsus komissiya ekspertlari hodisa sabablarini örganayotgani, tekşiruv işlariga prokuratura xodimlari ham jalb etilganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, mehmonxona egasi va yana uç-tört kişi hibsga olingan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Kartalkaya toğ-çanği kurorti Istanbuldan taxminan 270 kilometr uzoqlikda bölib, Keroglu toğlari hududida joylaşgan maşhur dam oliş maskani sanaladi.