Finlandiyada issiq suvni saqlaş uçun ulkan suv minoralari körinişidagi omborlar qurilmoqda. Bu energetika kompaniyalariga elektr energiyasi narxi özgarib turişidan foyda oliş imkonini beradi.

Bunday inşootlardagi suv elektr energiyasi narxi tuşganida isitiladi va elektr narxi qimmatlaşganda markazlaştirilgan isitiş tizimi tarmoğiga qaytariladi.

Bu turdagi suv omborlaridan birining hajmi 10 ming metr kub bölib, tez orada Lappeyenrantada foydalanişga topşiriladi. Balandligi 40 metrni taşkil etuvçi izolyatsiya qilingan pölat rezervuar xuddi ulkan termos kabi işlaydi. Uning qiymati qariyb 5 million yevroni taşkil etadi.

Lappeenrannan Energia kompaniyasi boş direktori Arto Nikkanenning aytişiça, bu kompaniyaga sezilarli darajada iqtisod qiliş imkoniyatini beradi va kömir narxining oşişi hamda boşqa omillar sabab qimmatlaşgan elektr energiyasi narxiga bosimni kamaytirişga xizmat qiladi.

Finnish Energy ma’lumotlariga köra, hozirda bu kabi tizimdan 30 ga yaqin energetika kompaniyasi foydalanmoqda.

Ta’kidlanişiça, issiq suv omborlariga investitsiya kiritiş, şuningdek, Rossiya bilan çegaralar yopilganidan keyin qariyb ikki barobarga qimmatlaşgan bioyonilği narxini barqarorlaştirişga ham yordam beradi. Nikkanenning sözlariga köra, kompaniyaning yillik iqtisodi 100 minglab yevroni taşkil etadi va bu xarajatlarni barqarorlaştirib, iste’molçilarni narx keskin oşişidan himoya qiladi.