DW xabariga köra, Valtonen 12-oktabr kuni X ijtimoiy tarmoğida boşqa aʼzo davlatlarni Yevrokomissiyaga yöllagan murojaatiga qöşilişga taklif qilganini maʼlum qildi.

«Ularning mamlakati ukrainaliklarning uylarini bombalayotgan bir paytda rossiyaliklarning Yevropaga kelib, bu yerdagi turmuş tarzi va erkinliklardan bahramand bölişi notöğri», - degan vazir.

Valtonen Finlandiya 2022-yildayoq rossiyaliklarning zarur bölmagan safarlari uçun viza berişni taqiqlaganini taʼkidlab, xuddi şunday çora YEI miqyosida ham qöllanişi kerakligini aytgan.

U, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin doirasidagi şaxslarga Şengen vizalarini berişni taqiqlaş va rossiyalik sportçilarga viza berişni çeklaşni taklif qilgan. Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan rossiyaliklarga viza beriş taqiqini samarali qöllaşga ham çaqirgan.

Rossiya fuqarolariga nisbatan viza siyosatini qatʼiylaştiriş haqida avval ham takliflar bildirilgan. Sentabr oyida YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Moskvaning «gibrid hujumlari»ga javoban çeklovlarni kuçaytiriş, jumladan, turistik vizalar sonini kamaytiriş zarurligini aytgan.

Estoniya esa Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan sobiq rossiyalik harbiylarga viza berişni taqiqlaş taşabbusini ilgari surgan. Keyinçalik bu çorani Boltiqböyi va Şimoliy Yevropaning boşqa davlatlari ham qöllab-quvvatlagan.

Iyun oyida bir guruh YEI davlatlari rossiyaliklarga turistik viza berişni töxtatiş böyiça qöşma çaqiriq bilan çiqqan. Ular imzolagan xatda 2025-yilda Rossiya fuqarolariga Şengen hududidagi 29 mamlakatga safar qiliş uçun 470 mingta viza berilgani qayd etilgan. AFP agentligiga köra, ularning köpi köp martalik kiriş huquqini bergan.

Avstriya parlamenti saytida eʼlon qilingan hujjatga köra, 14-oktabr kuni YEI Kengaşida Rossiyaga nisbatan viza siyosatini muhokama qiliş rejalaştirilgan.