20 yanvar kuni Kapitoliyda respublikaçi Donald Trampning inauguratsiya marosimi ötkazildi. 250 mingdan ortiq odam qatnaşgan marosimning eng maşhur mehmonlaridan biri şubhasiz, dunyoning eng boy odami Ilon Mask edi. U bor joyda, albatta, qandaydir mojaro böladi. Bu gal ham şunday böldi.

Trampning saylov kampaniyasiga kamida 200 million dollar xayriya qilgani aytilayotgan Mask AQŞ prezidentining eng yaqin ittifoqçilaridan biriga aylandi. Tadbirkor saylov ötkazilgan kundan buyon Trampning Mar-a-Lagodagi mulkida yaşab keladi. U prezidentning Volodimir Zelenskiy bilan ötkazilgan ilk telefon suhbatida ham yonida ötirgan. Keyinçalik Oq uydagi lavozimlarga odam tanlaşda asosiy maslahatçiga aylangan. Oxir-oqibat Tramp Maskning öziga ham Oq uyda lavozim berdi.

Bu ma’lumotlarni bejizga keltirmayapmiz, inauguratsiya kuni Maskka nafaqat dunyoning eng boy odami sifatida, balki Trampning asosiy ittifoqçisi sifatida qaraşdi. Uning har bir harakatiga mana şu rakursdan baho berildi.

Marosimda sözga çiqqan Mask juda ğalabali harakatni amalga oşirib, baloga qoldi. U öng qölini oldingi çözib, faşistlar Germaniyasi ramzi bölmiş «ziga» jestini takrorladi. Faşistlar uni «Hayl Hitler» iborasini aytganda işlatgan. Mask Vaşingtondagi marosim davomida «ziga»ni bir emas, ikki marta takrorladi.

Maskning harakati tezda muhokamalar markaziga tuşdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining aksari bu aynan «ziga» ekani haqida yozişdi. «Jest kaftni pastga tuşirgan köyi öng qölni tepaga kötarişdan iborat», deb ta’rifladi «ziga»ni AQŞ antidiffamatsiya ligasi. Bu birlaşma antisemitizmga qarşi kuraş bilan şuğullanadi. Ammo bu taşkilot Tvitterda Maskning jesti aynan «ziga» ekanini tasdiqlaşdan boş tortdi. «Aftidan, Mask keskin kötarinkilik ta’sirida noqulay harakat qilib qöydi, natsistça salomlaşgani yöq», degan post paydo böldi liga sahifasida.

Maskning harakati dunyodagi yahudiylarni larzaga soldi. Axir Adolf Hitlerning ularga munosabati qanday bölganini bilasiz. Avstraliya yahudiylar kengaşi yetakçilaridan bölmiş tarixçi Maks Kayzer Mask aynan zigani takrorlaganini aytib, AQŞdagi antisemitizmga qarşi kuraşuvçi taşkilotlarni tanqid qildi.

«Bu neonatsistlar, oq millatçilar va ularning tarafdorlariga qaratilgan, ularga sizlarning qadriyatingizni qöllayman, deb aytilgan aniq signaldir».

Nyu-yorklik tarix professori Rut Ben-Giat ham şunday fikrda: «Men mutaxassisligi faşizmni örganiş bölgan tarixçiman va komil işonç bilan aytamanki, bu natsistça salomlaşiş edi. Jangovar holatdagisi».

Boşqa bir tarixçi Aaron Astor hamkasblarining fikrini qöllamaydi: «Men Ilon Maskni u neonatsistlarga öz platformasida maydon yaratib bergani uçun köp tanqid qilganman. Lekin bu natsistça salomlaşiş emas, u yerda şunça autizm bilan oğrigan erkak olomonga qarab men qalban siz bilanman, dedi xolos». Yana bir avstraliyalik maşhur yahudiy Aleks Rivçin ham Mask hitlerçilar jestini takrorlamaganini aytdi.

Maskning özi qilgan harakatini Asperger sindromi bilan oğriganiga boğladi va bu gapi bilan autizmga çalingan boşqa odamlar tanqidiga uçradi. Biz bunday qilmaymiz-ku, sen nega kasallikni bahona qilyapsan, qabilida e’tiroz bildirişdi ular.

Jahon matbuoti nima deydi?

Jahon matbuoti ham Maskning jyestini faol muhokama qildi. Isroilning Jerusalem Post naşri «Mask Trampning inauguratsiyasida «ziga»ni takrorladimi?» degan sarlavha bilan maqola çiqardi. Britaniyaning Spectator naşri esa unga javob bergandek «Yöq, Ilon Mask faşistlar jestidan foydalanmadi», deb yozdi.

Turli xil neonatsistik guruhlar Maskning jestini olqişladi. «U buni atayin qildimi yoki bilmasdan – menga qiziq emas, men közda yoş bilan bu lahzadan rohatlanaman», deb yozgan Blood Tribe neonatsistlar guruhi lideri Kristofer Polxaus.

«Hayl, Tramp», deb qöşiq kuyladi Ohayo ştatidagi Proud boys guruhi allaqaçon.

Ilon Maskning özi holatga quyidagiça munosabat bildirdi: «Töğrisi, ularga yangi iflos mojarolar kerak. Hammangiz Hitlersiz, degan mantiqsiz hujum jonga tegdi», deb yozdi Mask.

Berlinlik sudya Kay-Uve Xerbst Olmoniyada öng qölni oldinga çöziş jinoiy iş oçişga sabab bölişi mumkinligini eslatdi. Lekin şunçaki öng qölini yuqori kötargan odamga heç qanday jazo bölmasligi mumkin, lekin bu natsistlar jesti ekanini tuşungan holda takrorlagan odam jazolanadi.

Germaniyalik sudyaning aytişiça, mamlakatda köpçilik bu jestni provokatsiya qiliş uçun işlatadi. Ammo Mask bu jestni nega qilganini özidan boşqa heç kim bilmaydi...

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Fahongir Aliboyev.