Kaliforniya ştati davlat kotibi Şirli Veber Kaliforniyaning AQŞ tarkibidan ajralib çiqişi haqidagi petitsiyani ma’qulladi, deb yozdi Newsweek.

Uni 2028 yilgi saylov byulleteniga kiritiş uçun 2025 yil 22 iyuliga qadar 546 651 dona imzo töplanişi kerak, deb qayd etdi naşr.

«Calexit» deb nomlangan taşabbus mualliflari tomonidan qöyilgan savol quyidagiça: «Kaliforniya Qöşma Ştatlardan ajralib, erkin va mustaqil davlat bölişi kerakmi?»

Calexit saylovçilarning kamida 55% yoki röyxatga olinganlarning 500 mingdan ortiği tomonidan 50% davomat bilan ma’qullanişi kerak. Agar bu sodir bölsa, «Amerika Qöşma Ştatlariga işonçsizlik votumi» bildirilgan hisoblanadi va «Kaliforniya aholisining mustaqil davlat böliş istagini» ifodalaydi.

Newsweek qayd etganidek, ovoz beriş natijalari yuridik kuçga ega bölmaydi va federal hukumat uçun majburiy emas.

Kaliforniyaning Calexit mustaqillik harakati avval ham bölgan va Donald Tramp prezidentlik saylovida ğalaba qozongaç mamlakatdan ajralib çiqiş sa’y-harakatlarini kuçaytirayotganini e’lon qildi.

Amerika qonunçiligida ştatning ajralib çiqiş mexanizmi közda tutilmagan. 1869 yilda, Amerika fuqarolar uruşidan söng, Oliy sud ştatning AQŞ tarkibiga qabul qiliş aktini «qayta körib çiqiş yoki bekor qiliş imkoniyatisiz» yakuniy deb e’lon qilgan.

Kaliforniya an’anaviy «demokratik» ştatdir. 5 noyabr kuni ötkazilgan saylovda kaliforniyaliklar Demokratik partiya nomzodi, sobiq vitse-prezident Kamala Harrisni qöllab-quvvatladi. U 58,5 foiz ovoz töpladi, Tramp esa 38,3 foiz.

Oxirgi marta faollar 2016 yilda, Tramp Oq uyga birinçi marta kirganida Kaliforniyaning AQŞ tarkibidan ajralib çiqişini faol tarğib qilgan edi.