AQŞ prezidenti Donald Tramp ön kun içida 38 ta farmonni imzoladi. U mazkur körsatkiç bilan Qöşma Ştatlarning zamonaviy tarixidagi barça prezidentlar orasida yetakçiga aylandi, deb xabar beradi Axios.

Reytingda ikkinçi va uçinçi örinlarni Oq uyning 46-rahbari Jo Bayden hamda 33-prezident Harri Trumen egalladi. Ular öz boşqaruvining dastlabki 100 kunida 40 dan ortiq farmonga imzo çekkan.

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida çiqiş qilgan Donald Tramp saylovlardagi ğalabasi Amerika uçun «oltin asr»ni anglatişini ma’lum qilgandi. Şuningdek, u «söl radikallar siyosatini bekor qiliş böyiça tezkor çoralar» körganini aytgan. Tramp tomonidan imzolangan dastlabki qonunlardan biri janubiy çegaralar orqali noqonuniy migrantlarning kirişini töxtatiş va ularni mamlakatdan çiqarib yuborişga oid. Bundan taşqari, Donald Tramp rasmiylarga AQŞda tuğilgan bolalarga fuqarolik bermaslikni buyurgan.

Şu bilan birga, Tramp gender siyosatini özgartirişga oid farmonlarni ham imzolagan: endi AQŞda faqat erkak va ayol jinsi tan olinadi, davlat esa voyaga yetmaganlar jinsini özgartirişini moliyalaştirişni töxtatadi. Trampning köplab farmonlari inklyuzivlik va tenglik siyosatiga taalluqli. Şuningdek, prezident Kapitoliydagi tartibsizliklarda ayblangan 1,5 mingga yaqin şaxsni afv etgan.