Jumladan, Sverdlovsk oblasti Verxniy Tagil şahrida joylaşgan "Kurate" MÇJ rahbari Aleksandr Vlaskin bilan bölib ötgan uçraşuvda mazkur korxonaga Özbekistondan qonuniy asosda işçilarni yollaş imkoniyatlari xususida fikr almaşildi.
Aleksandr Vlaskin özi rahbarlik qilayotgan korxonada 200 nafarga yaqin işçi kuçini jalb qilişga ehtiyoji mavjudligini bildirdi. Tomonlar mazkur böş iş örinlariga hamyurtlarimizni jalb qiliş böyiça Özbekistonning tegişli idoralari bilan muzokara ötkazişga kelişib oldilar.
Boş konsulxonada Sverdlovsk oblastidagi yirik iş beruvçi "SMU-30" MÇJ vakillari bilan uçraşuv ötkazildi. Unda mazkur taşkilot hozirgi kunda 180 nafar böş iş örinlari borligi ma’lum qilindi. Korxona vakillari Özbekiston fuqarolari öz işlarining ustasi ekanligi va topşirilgan işni vijdonan bajarişlarini inobatga olib respublikadan işçi kuçini jalb qilişdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Diplomatlar, şuningdek, Tyumen oblastida "Gradiyent" quriliş taşkiloti mutasaddilari bilan muzokara ötkazdilar. Uçraşuvda uşbu korxonaga 100 nafar monolitçi, 100 nafar ğişt teruvçi va 100 nafar pardozçi, jami 300 nafar mutaxassislarga ehtiyoji borligini bildirildi.
Muzokaralar yakunida iş beruvçi korxona vakillari bilan hamkorlik kelişuvi imzolandi.
Sverdlovsk oblastidagi yirik quriliş yönalişida faoliyat olib boruvçi "Optimum" MÇJ vakillari bilan uçraşuvda esa Özbekistondan 150 nafarga yaqin işçini jalb qiliş imkoniyati mavjudligi ma’lum qilindi.
Muzokaralar yakunlari böyiça mazkur taşkilotlarga 830 nafar işçi kuçini Özbekistondan qonuniy tartibda jalb qiliş böyiça dastlabki kelişuvga erişildi.












