Qayd qilinişiça, mahalla va xonadonlarda muzlatkiç, qadoqlaş, quritiş, qayta işlaş omborlari va issiqxonalar qurilib, aholiga 5 yilda bölib tölaş şarti bilan tayyor holda beriladi. Aholi va dehqonlarning eng namunali loyihalari uçun har yili 20 milliard sömlik grantlar e’lon qilinadi. Bunda 500 ta mahalladagi eng zör loyihaga 40 million sömdan grant beriladi.
Şu bilan birga, mahallada eksportbop mahsulot yetiştirişni yölga qöyib bergan usta-dehqonlarga 100 million sömgaça, qisqa muddatli öquv kursini taşkil qilganlarga 5,5 million söm subsidiya ajratiladi. Suv ta’minoti oğir joylarda yomğir suvini töplaş va saqlaş siğimini quriş xarajatining yarmi qoplab beriladi.
Tomorqa va dehqon xöjaligi yerlari, ularda yetiştirilgan mahsulot hisobini yuritiş böyiça ham yangiça tizim böladi. Buning uçun yil yakunigaça tomorqalar va ekin yerlari alohida tasniflanadi. Ularda nima ekilgani “onlayn mahalla” platformasiga kiritiladi.
Yerdan samarali foydalanib, bir sotixda 5 million sömdan yuqori rasmiy daromad olayotgan dehqonlarga yer soliğining 90 foizi “keşbek” sifatida qaytarib beriladi. Aksinça, tomorqasiga ekin ekmaganlardan yer soliği oşirilgan miqdorda undiriladi.
Hozir bu sohada “raqamli bozor” bölmagani uçun dehqonlar meva-sabzavotiga xaridor, qayta işlovçi va eksportçilar esa mahsulot qidirib yuribdi. Şu bois ularni özaro boğlaydigan “market pleys” işga tuşiriladi.












