AQŞ prezidenti Donald Tramp Kanada va Meksikadan import qilinadigan mahsulotlarga rejalaştirilgan 25 foizlik boj haqidagi qaror 1 fevraldan kuçga kirişini ma’lum qildi, deb xabar berdi Euronews.

Trampning qarori, uning sözlariga köra, savdo hamkorlari taklif qilayotgan narxlarning adolatliligini baholaşga asoslanadi. Dastlab, AQŞ prezidenti tariflar tahdidini noqonuniy immigratsiya va fentanil işlab çiqariş uçun işlatiladigan kimyoviy moddalar kontrabandasiga qarşi kuraş bilan boğlagan edi.

Uning ta’kidlaşiça, bojlar uşbu mamlakatlardan import qilinadigan neftga taalluqli ekani haqida hali yakuniy qarorga kelmagan.

Euronews ta’kidlaganidek, boj tariflarining joriy qilinişi benzin narxining oşişiga olib kelişi mumkin. Tramp bu masalani öz prezidentlik kampaniyasining markaziy qismiga aylantirib, bir yil içida yoqilği narxlarini ikki baravar pasaytirişga va’da bergan edi.

Naşr xabariga köra, biznes vakillari bojlar joriy etilişi oqibatlaridan xavotir olmoqda. Kanada Savdo palatasining ijroçi vitse-prezidenti Metyu Holms rejadagi çora-tadbirlarni «mağlubiyat» deb atadi va ular hayotni qimmatroq qilişini, har ikki mamlakatdagi biznesni qiyin ahvolga solib qöyişini ta’kidladi.

Öz navbatida, Kanada bunga javoban 105 milliard dollar qiymatidagi Amerika tovarlarining dastlabki röyxatini tayyorladi, ularga nisbatan boj joriy qilinadi.